Nickelback

Nickelback (talaffuzi: Nikelbek) kanadalik rock guruh boʻlib,[2] 1995-yili Hanna shahrida tuzilgan. Guruh musiqasi hard rock,[2] post-grunge va alternativ rok deb tasniflanadi.[1] Tuzilganidan beri guruhda gitarachi va vokalchi Chad Kroeger, gitarachi va bek-vokalchi Ryan Peake hamda baschi Mike Kroeger ijod qilib kelishmoqda. 2005-yili 1998-yildan beri guruh aʼzosi boʻlib kelgan dovulchi Ryan Vikedal oʻrniga Daniel Adair keldi.


Bon Jovi'ni qizitib berishda (Dublin, 2006-yil, may)
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Hanna, Alberta
Mamlakat Kanada bayrogʻi Kanada
Faoliyat yillari 1995-bugun
Janr Alternativ rok, post-granj,[1] hard rock,[2] alternative metal,[1] heavy metal,[1] pop-rok[3]
Leybl EMI Canada, Roadrunner, Atlantic, LiveNation, Universal Music Canada
Tarkib
Sobiq aʼzolar
  • Brandon Kroeger
  • Mitch Guindon
  • Ryan Vikedal
Vebsayt nickelback.com

Nickelback eng katta tijoriy muvaffaqiyatga erishgan Kanada musiqa guruhlaridan biri boʻlib, dunyo boʻylab 50 milliondan ortiq albom sotgan.[4] Guruh AQShda eng koʻp sotgan xorijiy musiqachilar orasida oʻn birinchi, faqat 2000-yillarni olib qaraganda esa ikkinchi (Beatles'dan keyin) boʻldi.[5][6] Billboard jurnali oʻtgan oʻn yillikning eng yaxshi rock guruhi deb aynan Nickelback'ni, eng yaxshi rock qoʻshiq sifatida esa ularning „How You Remind Me“ nomli hit taronasini tanladi.[7]

Guruh 1999-yili Roadrunner Records studiyasi shartnomasini imzolab, The State albomini qayta chiqardi.[8] Bu albom yaxshi sotildi va Nickelback 2001-yili Silver Side Up nomli yangi albom chiqardi va xalqaro shuhratga erishdi.[9] Bu albomdan keyin guruh oʻzining eng mashhur hit ashulasi — „How You Remind Me“'ni omma eʼtiboriga havola etdi, bu qoʻshiq Amerika va Kanada chartlarida 1-pogʻonani egalladi.[10] Soʻngra The Long Road albomi va undan 5 ta singl chiqdi, ayniqsa „Someday“ taronasi chartlar tepasiga koʻtarildi.[11] Keyin guruh All The Right Reasons albomini chiqardi, undagi „Photograph“, „Far Away“ va „Rockstar“ qoʻshiqlari ham hit-paradlarda birinchi oʻntaliklarga kirdi.[10] Keyingi Dark Horse albomidagi singllar ham Billboard Hot 100 roʻyxatiga kirdi. 2011-yili Nickelback Here and Now albomini chiqardi, u ham yaxshi sotilmoqda.[12] Guruh qator mukofotlar qozongan, jumladan 12 ta Juno mukofoti olgan.[13]

Guruh hozirda Kanadaning Vankuver shahrida ijod qilmoqda. Roadrunner Records studiyasidan tashqari Nickelback Universal Music Canada va boshqa ovoz yozish studiyalari bilan ham hamkorlik qiladi.

Guruh tarixi

Boshlanish

Nickelback guruhi 1996-yili Kanadaning kichik shaharchasi Hannada paydo boʻladi. U aka-uka Chad (vokal, gitara), Mike (bas gitara), ularning jiyani Brandon (barabanlar) va Ryan Pike (gitara) dan iborat boʻladi. Ammo Breandon Kroeger yaqin orada guruhni tark etadi. Musiqachilarga unga almashuvni qidirish toʻgʻri keladi. Ryan Vikedal topilishidan avval guruhda olti barabanchi almashinadi. Uzoq vaqt davomida musiqachilar toʻgʻri keladigan nom topa olmaydilar va bir necha variantlarni koʻrib chiqadilar. Nickelback deb nom olishdan avval kanadalik kvartet BRICK deb, undan ham avvalroq — Village Idiot deb nomlangan, kolletivning eng birinchi nomi esa Point of View boʻlgan. „Nickelback“ soʻzining maʼnosi — „qaytim“. Bu soʻz guruh hayotida Mike Kroeger kafeda ofitsiant boʻlib ishlayotgan paytda paydo boʻladi. Bir piyola qahvadan qaytim 5 sentni tashkil qilardi (slengda — „Nickel“). Mijoz bilan hisob-kitobda Mike doimo bir gapni qaytarardi: „Here's your nickel back“ (tarjimada — „Mana sizning qaytimingiz“). Oxir-oqibat musiqachilar murakkab nomlardan voz kechib, oddiygina „nickelback“ni tanlashadi. Oʻzining musiqiy yoʻnalishini ham guruh darrov belgilay olmadi. Avvaliga musiqachilar boshqa kollektivlarning kaver-versiyalarini ijro etishdi. Ammo, ular unchalik omadli emas edi. Bundan tashqari, guruh haqiqiy mashhurlikka erishishni hohlardi. Biroq, buning uchun oʻzining nimadirini yozish kerak edi. Bunday fikr Chad Kroegerga keladi, ammo loyihani finanslash uning ota-onasi zimmasiga tushadi. Oʻgʻillarining Vankuverdagi ovoz yozish studiyasi hizmatlarini qoplash uchun 4000$ toʻlashiga toʻgʻri keldi. Bu birinchi qadam edi.

Birinchi muvaffaqiyat

1996-yilning oʻzidayoq yigitlar oʻzlarining „Hesher“ nomli birinchi demo-albomlarini yozadilar va u bilan Kanadada konsertlar seriyasini beradilar. Uning ichiga unchalik koʻp qoʻshiqlar kirmaydi, ammo hammaning joniga tekkan kaverlar bilan tugatilgan edi. Loyihani ommaviylashtirish bilan Chad Kroeger shugʻullanardi. Bunda unga sport jurnalining reklama boʻlimida ishlab orttirilgan tajriba qoʻl keladi. Chizma oson edi: Chadning iltimosiga binoan uning doʻstlari radiostantsiyalarga qoʻngʻiroq qilib Nickelback’ning taronalarini soʻrashadi. Bu bilan guruh oʻziga kerakli natijaga ega boʻladi, ammo unga yuqoriroq choʻqqini zabt etish oʻyi tinchlik bermaydi. Ammo moddiy yetishmovchilik va oʻz menejerlari tomonidan aldov guruhning yozilishiga yoʻl bermaydi.

1998-yili bir necha muhim qadamlar tashlanadi. Birinchidan, guruh mustaqil holda reklama va tashkiliy ishlar bilan shugʻullanishga qaror qiladi. Ikkinchidan, guruh Vankuverga koʻchib oʻtib, u yerda klublarda muvaffaqiyat bilan chiqishni boshlaydi. Bu yangi albom chiqarish uchun kerakli mablagʻni toʻplashga yordam beradi. Bundan tashqari, guruh Deyl Penner (Matthew Good Band’ning prodyusseri) va Gart Richardson (Rage Against The Machineʼning ovoz injeneri)ning diqqatiga sazovor boʻlib, qoʻllovini oladi.

1999-yilda Nickelback cheklangan adad bilan „Curb“ nomli yangi albomini chiqaradilar. Albomning oʻzi muvaffaqiyatli boʻlmaydi, ammo „Leader Of Men“ singlining mashhurligini inkor etib boʻlmaydi. Bu singl 2000-yili yarim millionlik adad bilan chiqarilgan „The State“ albomi tarkibiga kiritiladi. Bu haqiqiy muvaffaqiyat edi. Nickelback qoʻshiqlari Kanadaning barcha radiostantsiyalarida jarang sochadi. „The State“ albomi bilan musiqachilar Creed, Fuel va 3 Doors Down kabi guruhlar bilan chiqib yuzlab konsertlarni oʻtkazishadi. Guruhni prodyusserlar kontrakt imzolash maqsadida tom maʼnoda hujum ostiga olishadi.

Umumjahon shuhrat

Nickelback guruhi 2009-yilda. Juno Awards marosimida.

Ohir-oqibat Nickelback „Island“ (AQSh) va „EMI“ (Kanada)ning takliflarini rad etib, „Roadrunner Records“ (AQSh) leyblini tanlaydilar. Oʻzlarining navbatdagi albomlarini Nickelback 2001-yil 11-sentyabrda yozadilar. Yangi albomda yigitlar abstrakt obrazlar va faylasuflik fikrlardan chetlanib, matnlariga aniqroq va realroq sujetlarni qoʻshadilar. Bir nechta qoʻshiqning mavzusi Kroeger aka-ukalarining hayotidan yoqimsiz daqiqalar, shu jumladan oiladan otasining ketishi boʻladi. Chiqqan „Silver Side Up“ avvalgi albomdan oʻzib ketib, atigi 4 oy ichida uning adadidan 6 marta oshadi. Bu albom oltin, platina va multiplatina unvonlariga erishadi. „Silver Side Up“ guruhga amerika efiriga kirishga imkon berib, „How You Remind Me“ singli bilan muxlislar muhabbatini qozonadi.

Muvaffaqiyat hamma kutilgan natijalarni oqlaydi. „How You Remind Me“ singli faqatgina amerika radiostantsiyalarida mahkam oʻrnashmay, balki ulardan oltitasi hit-paradlarining birinchi oʻrniga chiqadi, eng muhimi esa — Billboard Hot 100'ni ham boshlaydi. Bundan tashqari, „How You Remind Me“ radiostansiyalar efirida bir hafta ichida 3000 martadan ortiq jarang sochib, efirga chiqish rekordini oʻrnatadi. Guruh shuningdek, Germaniya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Avstraliya va boshqa davlatlar radiostantsiyalarining diqqatini tortadi.

Kanadalik guruh uchun bu hayratlanarli natija. Ammo, albomning muvaffaqiyati haqida gapirganda, mikslash bilan shugʻullangan Randi Staubni zikr etish darkor. U Metallica va U2 kabi guruhlar bilan hamkorligi bilan mashhur. Shuningdek, Pearl Jam va Temple of the dog'ni ommaviylashtirish bilan shugʻullangan produser — Rick Parashar’ning yordami katta boʻlgan. Bu insonlarning ishtiroki guruhning yangi sifat choʻqqisiga chiqishiga yoʻl bergan, keyin esa ularni dunyo tan oladi. Navbatdagi albom 2003-yilda chiqadi. Chetdan mutaxassislarning jalb qilinmaganligiga qaramay, Nickelback oʻz kuchi bilan har tomonlama sifatli tovushga erishadilar. Guruh oʻz treklarining yozuviga professionalroq va jiddiyroq qaray boshlaydi.

Hozirgi kunlar

„The Long Road“ albomi melodik-agressiv yoʻnalishda yozilgan. U hattoki „Silver Side Up“'dan koʻra koʻproq ochiqroq. Musiqachilar bu albom bilan gʻururlanib, ularning ijodi toʻgʻri yoʻnalish boʻylab evolutsiyaga uchrab, tinglovchilar hissiyotlari bilan yaqinlashtiryapti deb sanaydilar. Shuningdek, „The Long Road“ albomi bilan guruh koʻproq konsert bergani Nickelback muxlislarini quvontirdi. Bu albom yana bir gʻalaba boʻlib, guruhni dunyo miqyosida yanada taniltiradi. 2005-yili guruh tarkibida kichik oʻzgarishlar sodir boʻladi. Barabanchi Ryan Vikedal ketadu. Uning oʻrniga 3 Doors Down guruhining sobiq ishtirokchisi Deniel Adair keladi. Oʻsha yili yangi tarkib bilan Nickelback „All The Right Reasons“ nomli albom yozishadi. Faoliyatligi davomida guruh juda koʻp narsaga erishadi.

Tanqidi

Guruh muxlislari koʻpligi va dongdorligiga qaramay tez-tez salbiy baholanadi. Jumladan Nickelback qoʻshiqlarida „striptiz, seks, fohishalar, giyohvandlik, seks, araqxoʻrlik va seks“ mavzulari haddan tashqari koʻp ishlatilishi,[14] yangi musiqa yaratish oʻrniga eskilarini qayta ishlash, ohanglari takrorlanishi kabi sabablar bilan tanqid qilinadi.[15][16][17] 2011-yil noyabrida Tastebuds.fm sayti foydalanuvchilari Nickelback'ni Justin Bieber va Lady Gaga'dan ham yomonroq deb ovoz berishdi.[18]

Hozirgi tarkib

Sobiq tarkib

  • Ryan Vikedal (barabanlar)
  • Brandon Kroeger (barabanlar)

Diskografiyasi

YilAlbom
AQSh

BQ

KAN
LeyblAQShda sotuvlarUmumjahon sotuvlar
1996/2002Curb#182Roadrunner Records
1999The State#130Roadrunner Records500,000+600,000+
2001Silver Side Up#2#1#1Roadrunner Records5,200,000+10,000,000+
2003The Long Road#6#5#1Roadrunner Records3,200,000+5,000,000+
2005All the Right Reasons#1#13#1Roadrunner Records5,743,287 (97 wks)8,000,000+
2008Dark HorseRoadrunner Records
2011Here and NowRoadrunner Records
2014No Fixed Address
2017Feed the Machine
2022Get Rollin'

Singllar

YilSinglChart pogʻonalari
Billboard Hot 100[Main RockModern RockKanada
2001„How You Remind Me“1111
2002„Too Bad“42161
„Never Again“-1241
2003„Someday“7241
2004„Figured You Out“65141
2005„Photograph“2131
2006„Animals“97116-
„Far Away“8--1
„Savin' Me“1911291
2007„RockStar“----
Umumiy 1-raqam ostidagi hitlar1618

Mukofotlar

Grammy Awards

YilTurkumJanrNomiNatija[19]
2003Yil qoʻshigʻiRock"How You Remind Me"Nomzod
2004Eng yaxshi rock taronaRock"Someday"Nomzod
Eng yaxshi rock albomRockThe Long RoadNomzod
2005Eng yaxshi hard-rock debutRock"Feelinʼ Way Too Damn Good"Nomzod

Billboard Music Awards

YilTurkumNomiNatija[20]
2006Yil artistiNickelbackNomzod
Yil rock albomiAll the Right ReasonsGʻolib
Yil albomiAll the Right ReasonsNomzod
Yil guruhiNickelbackGʻolib

American Music Awards

DateCategoryNatija
Yanvar 200330th American Music AwardsEng sevimli pop/rock guruhNomzod
Noyabr 200432nd American Music AwardsEng sevimli pop/rock guruhNomzod
Noyabr 200634th American Music AwardsEng sevimli pop/rock guruhNomzod
Eng sevimli alternativ artistNomzod
Eng sevimli pop/rock albom (All the Right Reasons)Gʻolib

Juno Awards

YilTurkumNomiNatija[21]
2001Eng yaxshi yangi guruhNickelbackGʻolib
2002Eng yaxshi albomSilver Side UpNomzod
Eng yaxshi singl"How You Remind Me"Gʻolib
Eng yaxshi guruhNickelbackGʻolib
Eng yaxshi rock albomSilver Side UpGʻolib
2003Yil qoʻshiqlar muallifi"Spiderman Soundtrack"/"Silver Side Up"Gʻolib
Juno Fan Choice AwardNickelbackNomzod
2004Yil albomiThe Long RoadNomzod
Yil guruhiNickelbackGʻolib
Yil rock-albomiThe Long RoadNomzod
Yil singli"Someday"Nomzod
Juno Fan Choice AwardNickelbackGʻolib
2005Jack Richardson Producer of the YearNickelbackNomzod
2006Yil albomiAll the Right ReasonsNomzod
Yil guruhiNickelbackGʻolib
Yil rock albomiAll the Right ReasonsGʻolib
Jack Richardson Producer of the YearNickelbackNomzod
Juno Fan Choice AwardNickelbackNomzod
Yil singli"Photograph"Nomzod
2007Juno Fan Choice AwardNickelbackNomzod
Yil qoʻshiqlar muallifiNickelbackNomzod

MuchMusic Video Awards

YilTurkumNomiNatija
2002Eng yaxshi video"Too Bad"Gʻolib
Eng yaxshi rock video"Too Bad"Gʻolib
2006Eng yaxshi rock video"Photograph"Gʻolib
2007Eng yaxshi video"If Everyone Cared"Nomzod
Eng yaxshi rock video"If Everyone Cared"Nomzod
MuchMoreMusic Award"Far Away"Gʻolib
Kanadalik eng yaxshi internatsional video"Far Away"Nomzod
Odamlar tanlovi: Eng sevimli kanadalik guruh"Far Away"Nominated

[22][23]

Manbalar

Havolalar