Lady Gaga

amerikalik xonanda va aktrisa

Stefani Joanne Angelina Germanotta (talaffuzi: Stefani Joann Anjelina Jermanotta; 28-mart, 1986), taxallusi — Lady Gaga (talaffuzi: Ledi Gaga) amerikalik xonanda, aktrisa va kiyimlar dizayneridir. Nyu York shahrida tugʻilib oʻsgan Stefani avval Muqaddas Yurak ayollar monastirida, keyin New York Universitetining Tisch sanʼat maktabida tahsil oldi. Manhattan rock musiqa sahnasida ijro etishni boshlab, 2007-yil oxiriga kelib Streamline Records studiyasidan shartnoma imzoladi. Studiya uchun qoʻshiq yozib yurgan Stefanining vokaliga Akon eʼtibor qaratdi va unga Kon Live Distribution leyblidan shartnoma taklif etdi.

Lady Gaga

Lady Gaga 2021-yildagi Joe Biden inauguratsiyasida
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 28-mart 1986-yil (1986-03-28) (38 yosh)
New York, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Janr Pop, Dance
Amplua vokal, pianino, sintezator
Faoliyat yillari 2005–bugun
Veb-sayt ladygaga.com

Lady Gaga 2008-yili The Fame nomli debut albomini chiqarib, munaqqidlar maqtovi va tijoriy muvaffaqiyatga erishdi va xalqaro shuhrat qozondi. Bu albomda butun dunyoga ovoza boʻlgan „Just Dance“ va „Poker Face“ qoʻshiqlari joy olgan. The Fame Ball Tour turnesini boshlab, u 2009-yili „Bad Romance“, „Telephone“ va „Alejandro“ kabi hit ashulalari bor The Fame Monster albomini chiqardi. The Fame Monster muvaffaqiyati ketidan Gaga katta tijoriy foyda keltirgan oʻn sakkiz oylik The Monster Ball Tour turnesida boʻldi. Uning 2011-yilgi Born This Way albomi xalqaro chartlar choʻqqisini egallab, oʻz ichiga „Born This Way“, „Judas“ va „The Edge of Glory“ kabi singllarni oladi. Musiqa faoliyatidan tashqari, Gaga ijtimoiy yordam va LGBT faollik bilan ham shugʻullanadi.

David Bowie, Michael Jackson, Madonna va Queen kabi musiqachilardan ilhomlangan Lady Gaga kiyimlari, ijrosi va kliplari orqali musiqa sanoatiga qoʻshgan yorqin va serqirra hissasi uchun eʼtibor qozongan. U taqriban jahon boʻylab 23 million albom va 64 million singl sotib, eng koʻp daromad ishlagan qoʻshiqchilar safidan joy olgan.[1] Uning yutuqlari qatoriga beshta Grammy va 13 ta MTV Video Musiqa mukofotlari kiradi. Lady Gaga Billboard jurnalining Yil Artistlari boʻlimida bir necha bor oʻrin olgan, VH1 kanalining Musiqadagi Eng Buyuk 100 Ayol roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinda turadi, Forbes va Time jaridalarida dunyoning eng eʼtiborli kishilari roʻyxatlarida eslatilgan.[2][3] 2011-yili Gaga $25 million ishlab, Billboard jurnalining eng koʻp pul ishlagan artistlari roʻyxatida 4-oʻrinni egalladi.[4]

Filmografiyasi

Film

NomiYilRolIzohlarManba (lar)
en:The Zen of Bennett2012OʻziHujjatli film[5]
en:Katy Perry: Part of Me2012OʻziHujjatli film[6]
Machete Kills2013La Chameleón[7]
Muppets Most Wanted2014OʻziEpizod rolda[8]
en:Sin City: A Dame to Kill For2014BerthaEpizod rolda[9]
en:Jeremy Scott: The People's Designer2015OʻziHujjatli film[10]

Televideniye

NomiYilRolTelekanalIzohlarManba (lar)
Sopranos, TheThe Sopranos2001SinfdoshHBOEpisode „The Telltale Moozadell“
Uncredited
[11]
en:Boiling Points2005OʻziMTVUncredited[12]
en:Gossip Girl2009OʻziThe CWEpisode „The Last Days of Disco Stick“
Epizod rolda
[13]
en:Saturday Night Live2009MehmonNBCEpisode „Ryan Reynolds/Lady Gaga“[13]
Double Exposure2010OʻziBravoEpisode „No One Can Work Like This“[14]
en:Lady Gaga Presents the Monster Ball Tour: At Madison Square Garden2011OʻziHBOTelevision special[15]
en:American Idol2011MentorFoxSeason 10[16]
en:Saturday Night Live2011MehmonNBCEpisode „Justin Timberlake/Lady Gaga“[17]
Inside the Outside2011OʻziMTVHujjatli film[18]
en:So You Think You Can Dance2011Mehmon hakamFoxSeason 8, episode 3[19]
Very Gaga Thanksgiving, AA Very Gaga Thanksgiving2011OʻziABCTelevision special[20]
en:Dick Clark's New Year's Rockin' Eve2011OʻziABCTelevision special[21]
Simpsons, TheThe Simpsons2012OʻziFoxEpisode „Lisa Goes Gaga“[22]
en:Opening Act2012OʻziE!Episode „Von & Lady Gaga“[23]
Who the F-k is Arthur Fogel?2013OʻziePiXHujjatli film[24]
en:Saturday Night Live2013Musical guest/HostNBCEpisode „Lady Gaga“[25]
en:Lady Gaga and the Muppets' Holiday Spectacular2013OʻziABCTelevision special[26]
en:Tony Bennett and Lady Gaga: Cheek to Cheek Live!2014OʻziPBSTelevision special[27]
en:American Horror Story: Hotel2015-16Elizabeth Johnson / The Countess[lower-alpha 1]FX12 episodes[30]

Diskografiyasi

  • The Fame (2008)
  • The Fame Monster (2009)
  • Born This Way (2011)
  • Artpop (2013)
  • Cheek to cheek (2014)

Eslatmalar

Manbalar

Havolalar