Okrug (AQSh)

Amerika Qoʻshma Shtatlarida okrug yoki graflik (inglizcha: county; talaffuzi: kaunti) shtatning maʼmuriy-hududiy birligidir.[1] „Okrug“ atamasi AQShning 48 ta shtatida qoʻllaniladi, Luiziana va Alyaska shtatlarida mos ravishda qavm yoki prixodlar (inglizcha: parishes) va borolar (inglizcha: borough) deb ataladigan boʻlinmalar mavjuddir.[1]

AQShda har bir shtatga oʻrtacha 62 ta okrug toʻgʻri keladi. Bunda, Delaware shtati eng kam, yaʼni 3 ta okrugga ega. Texas shtati esa eng koʻp, yaʼni 254 ta okrugga ega sanaladi.[2]

-----

Manbalar

Havolalar