Indiana

IndianaAQShning shimolidagi shtat. Michigan koʻli bilan Ogayo daryosi oraligʻida. Mayd. 94 ming km2. Aholisi 6,1 mln. kishi, shuning 65% shaharlarda yashaydi (2001). Maʼmuriy markazi va eng katta shahri — Indianapolis. Yer yuzasi oʻr-qirli tekislik. Eng baland joyi 378 m. Iqlimi moʻʼtadil kontinental, yozi issiq. Yillik oʻrtacha yogʻin 1000 mm. Oʻrmonlar deyarli qirqib tugatilgan.

Indiana
Indiana
Shtat
Indiana bayrog`iIndiana tamg`asi
Indiana bayrog`iIndiana tamg`asi

Shtat laqabi:
(Hoosier State)

MamlakatAQSH bayrogʻi AQSh
PoytaxtIndianapolis
Eng yirik shaharlarIndianapolis
Fort Wayne
Evansville
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 38-oʻrinda

94,321 km²
1.51 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 15-oʻrinda

6,271,973
65.46 kishi/km²
9
11

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 16-oʻrinda

$227,569 million
$36,548

Ittifoqqa kirish

   • Sana

19-boʻlib

11 dekabr 1816

VaqtUTC-5 (EST) / -6 (CST)
QisqartmaIL [17]
Shtat guliPeony

(Paeonia)

Shtat daraxtiTulip-tree

(Liriodendron tulipifera)

Indiana— industrial-agrar shtat. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: umumiy mashinasozlik (samolyot, raketa va mashina dvigatellari, yoʻl mashinalari, qishloq xoʻjaligi qurollari, radioelektronika asboblari ishlab chiqarish) va qora metallurgiya (choʻyan va poʻlat eritishda AQShda yetakchi oʻrinda). Kimyo, kimyo-farmatsevtika, rezina, oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan.

Indiana "makkajoʻxori mintaqasi"ning sharqiy chekkasida joylashgan. Tuprogʻi qoratuproq. Asosiy ekinlari: makkajoʻxori va bugʻdoy. Chorvachilik qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining yarmidan koʻprogʻini beradi. Ogayo daryosi va Uobash daryosining quyi qismida kema qatnaydi.

Indiana hududida yevropaliklar kelgunga qadar indeyslarning koʻp sonli qabilalari yashagan. Indianani 17-asr oxirida fransuzlar egalladi. 1763 yildan Buyuk Britaniya mulki. 1783 yildan AQSH tarkibida. Indiana 1816 yildan AQSH shtati.[1]

Manbalar