Orhan Pamuk

Orhan Ferit Pamuk (1952-yilning 7-iyunida t. Istanbul shahrida) — zamonaviy turk yozuvchisi, bir necha mukofatlar sovrindori, shu jumladan Nobel mukofoti sovrindori (2006).

Orhan Pamuk
Tavalludi 7-iyun 1952-yil
Ijod qilgan tillari Turk tili[1]
Fuqaroligi Turkiya
Yoʻnalish Postmodern
Mukofotlari Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti (2006)

Ma’sumlik museyi

2012-yilning 28-aprel kuni Istanbulda, yozuvchi tashabbusi bilan "Ma’sumlik muzeyi" ishga tushdi. Dastlabki rejaga koʻra, muzey oʻz faoliyatini 2008-yilda boshlashi kerak edi[2]. Biroq uning ochilishi har safar ortga surilaverdi. Muzeyni ishga tushirish uchun bir million yevrodan ortiq mablagʻ sarflangan. Pamukning aytishicha, uning muzeyi ulugʻvor emas – koʻrgazma 1950-2000 yillar oraligʻida yashagan odamlarning oddiy turmush tarziga bagʻishlangan[2].

Oʻzbekcha tarjimalar

Orhan Pamukning romanlari hali oʻzbek tilida toʻliq chop etilmagan[2]. Tarjimon Miraziz A’zam Pamukning "Istanbul. Xotiralar va shahar" romanidan bir parcha tarjima qilib ("Maktab alamlari va zavqlari"), 2007-yili "Ma’rifat" gazetasida eʼlon qilgan[3].

Manbalar