Paolo Gentiloni

Italiya siyosatchisi, Italiya Bosh vaziri (2016–2018)

Paolo Jentiloni Silvieri (italyancha: Paolo Gentiloni Silveri; 22.11.1954}}, Rim) — Yevropa Ittifoqining iqtisodiyot boʻyicha komissari (2018-yildan), Italiya Ministrlar Soveti Raisi (2016-2018), Tashqi ishlar vaziri (2014—2016), aloqa vaziri (2006—2008).

Paolo Gentiloni
italyancha: Paolo Gentiloni
 Italiya Ministrlar Soveti Raisi
Mansab davri
12-dekabr 2016-yil – 1-iyun 2018-yilgacha
Prezident Sergio Mattarella
Oʻtmishdoshi Matteo Renzi
Vorisi Giuseppe Conte
 Italiya tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
31-oktyabr 2014-yil – 12-dekabr 2016-yilgacha
Hukumat boshligʻi Matteo Renzi
Oʻtmishdoshi Federica Mogherini
Vorisi Angelino Alfano
 Italiya aloqa vaziri
Mansab davri
17-may 2006-yil – 6-may 2008-yilgacha
Hukumat boshligʻi Romano Prodi
Oʻtmishdoshi Mario Landolfi
Vorisi Lavozim bekor qilingan
 Italiya Deputatlar palatasi a’zosi
Mansab davri
30-may 2001-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 22-noyabr 1954-yil (1954-11-22) (69 yosh)
Rim, Italiya

Biografiya

Rim universitetini jurnalist sohasi bo’yicha tugatgan[1]. 11 yil jurnalist sifatida Fronte popolare («Xalq fronti»), Pace e guerra («Tinchlik va urush») jurnallarida ishlagan.

1984-yilda «La nuova ecologia» harakatiga qo’shilgan.

1993-yildan 2000-yilgacha Rim shahar merining matbuot kotibi[2].

2002-yildan demokratik partiya a’zosi[3].

2001-yilda parlament deputatligiga saylandi[4][5][6].

17-may 2006 - 6-may 2008 – Italiya aloqa vaziri[7].

31-oktyabr 2014-yilda Italiya tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi[8].

12-dekabr 2016-yildan 1-iyun 2018-yilgacha Bosh vazir[9][10].

2018-yildan Yevropa Ittifoqining iqtisodiyot boʻyicha komissari.

Manbalar

Havolalar