Peter Lax

vengriyalik-amerikalik matematik

Peter David Lax (talaffuzi: Piter Devid Laks) (veng.: Lax Péter Dávid) (1926-yil 1-mayda tugʻilgan) — vengriyalik va amerikalik matematik. Sof va amaliy matematika sohalarida faoliyat yuritib keladi. 1987-Wolf mukofoti, 2005-yil esa Abel mukofoti bilan taqdirlangan[1].

Peter David Lax
Tavalludi 1-may 1926-yil (1926-05-01) (97 yosh)
Budapesht, Vengriya
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar Courant matematika fanlar instituti
Akademik rahbarlari Kurt O. Friedrichs
Mashhur shogirdlari
  • Steve Alpern
  • Alexandre Chorin
  • Charles Epstein
  • Ami Harten
  • James (Mac) Hyman
  • George Logemann
  • Jeffrey Rauch
  • Burton Wendroff
Mashhur ishlari Lions–Lax–Milgram teoremasi
Lax–Wendroff uslubi
Lax ekvivalentlik teoremasi
Lax—Friedrichs uslubi
Babuška–Lax–Milgram teoremasi
Mukofotlari Milliy fan medali (1986)
Wolf mukofoti (1987)
Norbert Wiener mukofoti (1975)
Chauvenet mukofoti (1974)
Abel mukofoti (2005)

Lax 1926-yilda Budapeshtda yahudiy oilasida tugʻilgan[2] . Uning ota-onasi (Klara Kornfield va Henry Lax) shifokor boʻlishgan. 1941-yilda oila Budapeshtdan New Yorkka qochib borgan. Lax 19 yoshidan boshlab Los Alamos milliy laboratoriyasida Manhattan loyihasida — yadro qurolini ishlab chiqish dasturida ishtirok etgan. 1949-yilda New York universitetidan PhD darajasini olgan. Lax, shuningdek, Courant matematika fanlar institutida ham ishlagan[3][4].

Laxning faoliyati koʻp qirrali: olim integral tizimlar, zarba toʻlqinlari va gidrodinamika sohalarini oʻrganib keladi. Shuningdek, u solitonlar nazariyasini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshgan. Uning nomi bilan Lions–Lax–Milgram teoremasi, Lax—Wendroff uslubi, Lax ekvivalentlik teoremasi (Lax–Richtmyer teoremasi deb ham yuritiladi), Lax—Friedrichs uslubi va Babuška–Lax–Milgram teoremasi kabi matematik tushunchalar bogʻliq[5].

Manbalar

Havolalar