Red Bull Stratos

Red Bull Stratos loyihasi Red Bull tomonidan dastaklangan loyiha boʻlib, unda avstriyalik parashutchi Felix Baumgartner qatnashdi. Bosim kiyimi kiygan Baumgartner 2012-yil 14-oktabrda New Mexico, AQSh uzra havo sharida stratosferaga (taxminan 39 km) uchib, shu balandlikdan yerga sakradi.[1][2][3] 1342 km/soat tezlik yigʻib, Baumgartner tovush tezligiga yetdi,[4] shunday qilib u texnik transportsiz bunday katta tezlikka erishgan ilk odam boʻldi.[3][5] Baumgartner shuningdek boshqa rekordlar ham oʻrnatmoqchi boʻldi: odam boshqaradigan havo sharida eng balandga chiqish, eng balanddan sakrash va eng uzoq vaqtli erkin tushish. 4 daqiqa 19 soniya erkin tushib, Baumgartner parashutini ochdi.[1] Jami (erkin va parashutli) tushish oʻn daqiqa vaqt oldi.[1] Baumgartner shu rekordlardan faqat bittasini: eng uzoq tushish vaqtini ura olmadi, rekord hali ham sovet polkovnigi Yevgeniy Andreyevga tegishli (4 daqiqa 29 soniya).[6]

Manbalar

Havolalar