Ross dengizi



Ross dengiziTinch okeanning chekka dengizi, Antarktidaning gʻarbiy qirgʻoqlari yaqinida. Maydoni 4,400,000 square kilometre (1,700,000 mi²) ni tashkil etadi. Eng chuqur joyi 2972 m ga teng. Dengizning janubiy qismi Ross shelf muzligi bilan qoplangan, shimolida yil davomida muzlar suzib yuradi, aysberg (muz togʻ)lari juda koʻp. Suvining oʻrtacha yillik temperaturasi — 6° C dan past, yozda baʼzan 2° C gacha koʻtariladi. Shoʻrligi 33,7—34,4 promilliga teng. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (balandligi 1 m gacha). Dengizda tyulen va kitlar yashaydi. Dengizni James Clark Ross kashf qilgan[1].

Antarktida dengizlari, pastki chapda Ross dengizi
Antarktida dengizlari, pastki chapda Ross dengizi
JoylashuviAntarktika
Okean tipidengiz
Asosiy oqimlariJanubiy okean
Yuzasi4,400,000 square kilometre (1,700,000 mi²)

Manbalar