Sergio Ramos

Serxio Ramos Garsia (ispancha: Sergio Ramos García; Kamas, Sevilya, Ispaniya) — ispaniyalik futbolchi, Parij Saint-Germain FC jamoasi va Ispaniya milliy terma jamoasi himoyachisi.
U himoyachilar qiroli

Serxio Ramos
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiSergio Ramos García
Tavallud sanasi30-mart 1986-yil (1986-03-30) (38 yosh)
Tavallud joyiKamas, SevilyaIspaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi184 sm
Ampluasihimoyachi
LaqabiTarzan, Boʻri, Kamaslik Fir'avn
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sergio Ramos Real Madrid
Raqami4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1996–2002Sergio Ramos Atletiko Sevilya
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2002–2005
2005–2021.
Sergio Ramos Sevilya FC
Sergio Ramos Real Madrid
(39 (2)
344 (44))
Milliy terma jamoa
2005– h.Ispaniya(140 (10))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati

Serxio 14 yoshida Sevilya jamoasining ko’rigidan o’tdi va o’shanda o’zini yaxshi ko’rsatdi. Tez orada u klubning yoshlar jamoasida o’ynashni boshladi.

2002/03 mavsumda Ispaniya chempionatining ikkinchi divizionida ishtirok etayotgan Sevilyaning rezerv jamoasida bitta o’yin o’tkazdi. 2003/04 mavsumda Ramos zahira jamoasida 25 ta o’yin o’tkazib, bitta gol urgan holda jamoaning asosiy o’yinchisiga aylandi.

2004-yilning boshida o’sha vaqtdagi Sevilyaning murabbiyi Xoakin Kaparros Ramosni asosiy jamoaning tarkibiga qo’shdi. 2004-yil 1 fevralda Ramos Primeradada Deportivo jamoasiga qarshi debyut o’yinini o’tkazdi.
O’sha yilning yozida Ispaniya yoshlar terma jamoasi bilan 19 yoshdan katta bo’lmaganlar o’rtasidagi Yevropa chempionatining g’olibi bo’ldi.
2004/05 mavsumda Serxio Primerada 31 ta o’yin o’tkazdi va 2 ta golning muallifiga aylandi. Shuningdek, UEFA kubogi o’yinlarida ham o’ynadi. Mavsum oxiriga kelib, Serxio chempionatning kashfiyoti sifatida tan olindi.

2005-yil 26 martda Ramos Ispaniya terma jamoasining Xitoy terma jamoasi bilan kechgan uchrashuvida terma jamoadagi birinchi o’yinini o’tkazdi. U 18 yoshda edi va Ispaniya terma jamoasida o’ynagan eng yosh o’yinchiga aylandi. Biroz muddatdan so’ng, 2006 yilgi Jahon chempionati saralash bahsidagi Serbiya va Chernogoriya bilan bo’lgan o’yinga asosiy tarkibga kiritildi. O’sha vaqtdan buyon u Luis Aragones jamoasining asosiy himoyachisiga aylandi.

2005-yilning yozida madridning “Real” jamoasi 27 million yevroga Ramosni xarid qildi. Barselona va Manchester Yunitedlar ham uni o’z tarkibida ko’rish istagida edi.

JCh-2006 o’tganiga sal kam bir yildan bo’lganidan so’ng, Serxio “Real” tarkibida faoliyatidagi birinchi katta titul, Ispaniya chempionligini qo’lga kiritdi.

Yevro-2008ning saralash bahslarida 12 o’yindan 11 tasida ishtirok etdi va 2 ta gol urishga muvaffaq bo’ldi. Mazkur turnirning g’olibiga aylanib, Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni unvoniga sazovor bo’ldi.

2010-yilgi Jahon chempionatida ham jamoasining har bir o’yiniga tushib, jamoadoshlariga yordam berdi. Finalda Gollandiya bilan 1:0 hisobida g’alaba qozonib, Ispaniya tarixida birinchi bora Jahon chempioni nomiga sazovor bo’ldi. Serxio esa musobaqaning ramziy terma jamoasiga kiritildi.

2011-yil 17-mayida “Real” bilan shartnomasini 2017-yilgacha, yiliga 4.5 million yevro maosh bilan uzaytirdi [1].

2012-yil 7 yanvarida Ramos o’zining Ispaniya chempionatidagi 250-nchi uchrashuvini o’tkazdi [2].

Shaxsiy hayot

Serxio Ramosning qallig’i Telecino telekanalining reportyori Lara Alvarez hisoblanadi. [3].

O’yin uslubi

Ramos har xil pozitsiyalarda yaxshi o’ynay oladi. “Real” murabbiylari ham uni bu xususiyatidan ko’plab foydalanashiadi. Masalan, ba’zi o’yinlarda u tayanch yarim himoyachi vazifasini bajargan. So’nggi vaqtlarda Ramos markaziy himoyada o’ynayapti.

Statistika

Jamoadagi statistikasi

2011 yil 4 iyulga nisbatan

JamoaMavsumChempionatKuboklarYevrokuboklarJami
O’GPO’GPO’GPO’GP
Sevilya2003-04700000000700
2004-0531205005104130
2005-06100000000100
Jami39205005104930
Real Madrid2005-0633406107104660
2006-0733523006104262
2007-0833545107014565
2008-0932432108104263
2009-1033450007004045
2010-1131327118004642
2011-1225346017113846
Jami220205005104930
Faoliyatidagi jami2603019344255513493923

Erishgan natijalari

Shahsiy

  • La Liganing yil kashfiyoti : 2005
  • Yevropa sport jurnallari ramziy jamoasi: 2007/08, 2011/12
  • FIFA World XI: 2008, 2011, 2012
  • UEFA Yilning ramziy jamoasi: 2008
  • FIFA Jahon Chempionati 2010: Castrol Index g'olibi[4]
  • FIFA Jahon chempionati yulduzlar jamoasi: 2010
  • UEFA Yevro 2012: Castrol EDGE Index g'olibi[5]
  • UEFA Evropa turniri ramziy jamoasi: 2012

Manbalar

Havolalar