Smoothie

Smoothie – har xil mevalarni blenderda aralashtirib tayyorlanadigan ichimlik. Smoothie odatda suyuq asosga ega boʻlib, meva sharbati, yogurt, sut yoki muzqaymoqdan iborat. Boshqa moddalardan sabzavotlar, mevalar, zardob kukunlari, ozuqaviy qoʻshimchalar, quritilgan sut kabilar qoʻshiladi[1].

Smoothie ichimligi

Tarixi

AQShning gʻarbiy sohillarda dastlab elektr blenderda smetanalar tayyorlash boshlanadi[2]. Smoothie atamasi 1980-yillarda retseptlarda va savdo belgilarida qoʻllanilgan[3]. 1960-yillarda Steve Kuhnau smetana turlarini yaratish boʻyicha tajribalar oʻtkazgan. U meva sharbatlari, sabzavotlar, oqsil kukunlari va vitaminlar aralashmasidan aralashmalar tayyorlab, tatib koʻrgan[4]. Kuhnau oʻzi yaratgan smetana boʻyicha muvaffaqiyatga erishgan va Smoothie King kompaniyasiga asos solgan. Keyinchalik unga shokolad va shirin qoʻshimchalar qoʻshilib yana oʻzgartirilgan. 2000-yillarda smoothie tayyorlash ommalashib, isteʼmolchilar uni uy sharoitida tayyorlab boshlagan[5].

Oziqaviy qiymati

Ananas boʻlaklari bilan toʻldirilgan koʻk mevali smoothie

Oziqaviy qiymati uning tarkibiy qismlari va ularning bir-biriga nisbatiga qarab baholanadi. Unda meva va sabzavotlar asosiy tarkibni tashkil qiladi. U parhez uchun qulay ichimlik hisoblanadi. Tarkibidagi shakar koloriya qiymatini oshirib, vazn ortishiga sabab bo'ladi. Lekin boshqa xil oziq-ovqat, ichimliklar bilan deyarli bir xil kaloriya berganiga qaramay, toʻyimliligi jihatdan kamroq ahamiyatga ega[6]..

Turlari

Yashil smoothie 40-50% yashil sabzavotlardan tayyorlanadigan ichimlik boʻlib, unga koʻproq ismaloq, karam, koʻkatlar, selderey kabi bargli oʻsimliklar tanlab olinadi. Ularning oʻzidan bevosita ichimlik tayyorlanganda u achchiqroq tamga ega boʻladi. Shuning uchun mevalar va boshqa qoʻshimchalar bilan aralashtirilib ichimlik tayyorlanadi. Bu orqali tamini anchagina yaxshilashga erishiladi.

Proteinli smoothie suv, sut, oqsil, meva hamda sabzavotlarni oʻz ichiga oladi. U asosan oqsil yetishmovchiligida bemorlarga buyurilib, kunning hohlagan vaqtida isteʼmol qilish mumkin. Protein kukuni suv yoki sut bilan aralashtirilganda taʼmi yana o'zgaradi[7].

Manbalar