Shokolad
Shokolad kakao, shakar, sut va xushboʻy dorivorlar aralashmasidan qilinadigan aʼlo sifatli konfet yoki plitka shaklidagi shirinlikdir.[1] Shokoladdan puding, tort, muzqaymoq, pasxa tuxumi va boshqa shu kabi desertlarda foydalaniladi. Shokolad umumjahon boʻylab Olmek, Maya va Atsteklar davridan beri mavjuddir.
Turlari
Shokoladning uchta asosiy turi mavjud: oq shokolad, sutli shokolad va qora shokolad.
Oq shokoladning taʼmi boshqa ikki turga qaraganda ancha shirinroq boʻladi.
Sutli shokolad shirin, ammo oq shokoladchalik emas. Sutli shokolad tarkibida sut kukuni yoki quyultirilgan sut mavjud. Buyuk Britaniya va Irlandiyada sutli shokolad tarkibida kamida 20 % quruq kakao boʻlishi zarur; Yevropa Ittifoqining qolgan mamlakatlarida bu koʻrsatkich 25 % ni tashkil etadi.[2]
Qora shokolad unchalik ham shirin boʻlmay, aksincha achchiq taʼmga ega boʻladi.
Xavfsizlik
Shokoladni haddan oshiq koʻp miqdorda isteʼmol qilmasa, yeyish zarar qilmaydi. It va mushuk kabi ayrim hayvonlar shokoladni juda oz miqdorda isteʼmol qilishsa ham kasal boʻlib qolishadi.[3] Qandli diabet bilan ogʻrigan kishilar uchun ham shokolad isteʼmol qilish kasal boʻlib qolishlariga sabab boʻlishi mumkin. Qora shokolad tarkibida qon bosimini pasaytiruvchi hamda kasalliklarga qarshi kurashuvchi moddalar mavjud. Kichik miqdordagi qora shokolad tarkibidagi polifenollar tufayli yurak xastaliklari xavfini kamaytirishi aniqlangan.[4]
Manbalar
Oʻqish uchun
- Almond, Steve. Candyfreak: A Journey Through the Chocolate Underbelly of America. Algonquin Books, 2004. ISBN 978-1-56512-421-9.
- Chocolate, 2009. DOI:10.1002/9780470411315. ISBN 9780470411315.
- Norton, Marcy. Sacred Gifts, Profane Pleasures: A History of Tobacco and Chocolate in the Atlantic World (Cornell UP, 2008)
- Off, Carol. Bitter Chocolate: The Dark Side of the World's Most Seductive Sweet. The New Press, 2008. ISBN 978-1-59558-330-7.
- Rosenblum, Mort (2006). Chocolate: A Bittersweet Saga of Dark and Light. North Point Press. ISBN 978-0-86547-730-8
- Ryan, Órla (2011). Chocolate Nations: Living and Dying for Cocoa in West Africa. Zed Books. ISBN 978-1-84813-005-0
- Squicciarini, Mara P.; Swinnen, Johan. The Economics of Chocolate. Oxford: Oxford University Press, 2016. ISBN 978-0198726449.
- Young, Allen M. (2007). The Chocolate Tree: A Natural History of Cacao (Rev. and expanded ed.). University Press of Florida. ISBN 978-0-8130-3044-9
- ; Michael D. CoeThe True History of Chocolate. Thames & Hudson, 28-iyun 2013-yil. ISBN 978-0-500-77093-1.
Havolalar
Vikilugʻatda shokolad nomli maqola mavjud. |
- „Shokolad va choy“ (Wayback Machine saytida 2015-11-17 sanasida arxivlangan) (ingl.)