Syurix

Syurix — Shveysariyaning shim. qis-midagi shahar. Syurix kantonining maʼmuriy markazi. Aholisi 336,8 ming kishi (1998). Syurix va Limmat daryosi boʻyidagi port. Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim sanoat va savdo-moliya markazi. Mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, yogʻochsozlik, poligrafiya va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1833), Shveysariya muzeyi, Kunstxa-uz (14—20-asrlar sanʼati), badiiy hunarmandchilik muzeyi bor. Shahar Turikum keltgerman qishlogʻi oʻrnida yuzaga kelgan. Ilk bor shahar sifa-tida 929 yilda qayd etilgan. 1218-yildan imperiya shahri maqomini olgan. 19-asr dan shahar yirik bank, sanoat va madaniyat markaziga aylandi. Meʼmoriy yodgorliklardan Grosmyunster va Fraumyunster roman-gotika soborlari (12—15-asrlar), cherkov (13-asr), ratusha (1694—98) va boshqa saqlangan.[1]

Geografiyasi

Hududi

Zurichning hududi 87,88 va 87,93[2] km2ni tashkil etadi. Dengiz sathidan oʻrtacha 408 m balandlikda joylashgan.

Demografiyasi

Manbalar