Teardrops on My Guitar

Teardrops on My Guitar“ amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swift ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Taylor Swift (2006) nomli albomiga kiritilgan. Qoʻshiq soʻzlari Swift va Liz Rose tomonidan yozilgan. Qoʻshiq Nathan Chapman tomonidan hozirlangan. „Teardrops on My Guitar“ 2007-yilning 20-fevralida albomning ikkinchi singli oʻlaroq Big Machine Records leyblida eʼlon qilingan.

„Teardrops on My Guitar“
Taylor Swift qoʻshigʻi
„Taylor Swift“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 20-fevral, 2007-yil(2007-02-20)
Studiya Sound Cottage (Nashville)
Janr
  • Country pop
  • soft-rok
Davomiyligi 3:35
Leybl Big Machine
Matn muallif(lar)i
  • Taylor Swift
  • Liz Rose
Prodyuser(lar) Nathan Chapman
Taylor Swift singllari xronologiyasi
„Tim McGraw“
(2006)
Teardrops on My Guitar
(2007)
„Our Song“
(2007)
Klipi
„Teardrops on My Guitar“ YouTubeda

Swift qoʻshiq matnini maktabdagi sinfdoshiga boʻlgan bir tomonlama muhabbatidan ilhomlanib yozgan. Musiqiy jihatdan ashula asosan akustik gitara bilan ijro etilgan balladadir. Tarona musiqa tanqidchilari tomonidan ijobiy baholangan. Billboard Hot 100 chartida 13-pogʻonagacha koʻtarilgan. Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan 3× platina sertifikati bilan taqdirlangan.

Qoʻshiq uchun Trey Fanjoy rejissorligida klip ham suratga olingan. Klipda Swift hamda amerikalik qoʻshiqchi va aktyor Tyler Hilton ikki yuqori sinf oʻquvchisi rolini ijro etishgan. Bundan tashqari, klipda Swift matras ustida yotganicha akvamarin rangli oqshom libosida qoʻshiqni ijro etayotganini koʻrish mumkin. Qoʻshiq klipi „Eng yaxshi yangi artist“ (inglizcha: Best New Artist) nominatsiyasida MTV Video Music Awardga nomzod boʻlgan, biroq Tokio Hotel ijrosidagi „Ready, Set, Go!“ qoʻshigʻi uchun olingan klipga yutqazgan.

Jamoa

  • Taylor Swift — vokal, qoʻshiqnavis, gitara
  • Liz Rose — qoʻshiqnavis
  • Nathan Chapman — produser, banjo, bas, akustik gitara, elektrogitara
  • Eric Darken — zarbli cholgʻular
  • Dan Dugmore — stil-gitara
  • Rob Hajacos — skripka
  • John Willis — akustik gitara

Chartlar

Chart (2009)Oʻrni
Birlashgan Qirollik (UK Singles)[12]51

Yillik

Chart (2007)Oʻrni
AQSh (Billboard Hot 100)[13]89
AQSh (Hot Country Songs)[14]28
Chart (2008)Oʻrni
AQSh (Billboard Hot 100)[15]48
AQSh (Adult Contemporary)[16]6
AQSh (Adult Top 40)[17]30
AQSh (Mainstream Top 40)[18]35

Manbalar

Havolalar