Théo Bongonda

Kongolik futbolchi (DRC)

Théo Bongonda Mbul’Ofeko Batomboat (1995-yil, 20-noyabrda tugʻilgan) — professional futbolchi, La Liganing Cadiz klubida chap qanot himoyachisi. Belgiyada tugʻilgan, Kongo DR terma jamoasida oʻynaydi.

Théo Bongonda
Bongonda Celta safida 2017-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiThéo Bongonda Mbul'Ofeko Batomboat
Tavallud sanasi20-noyabr 1995-yil (1995-11-20) (28 yosh)
Tavallud joyiCharleroi, Belgiya bayrogʻi Belgiya
Boʻyi1.77m
AmpluasiVinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ispaniya Cádiz
Raqami10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2013JMG Academy
2013Zulte-Waregem
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2013—2014Zulte-Waregem33(4)
2015—2018Celta61(4)
2017—2018Trabzonspor (ijara)3(0)
2018→ Zulte-Waregem (ijara)18(3)
2018—2019Zulte-Waregem28(8)
2019—2022Genk90(33)
2022-Cádiz0(0)
Milliy terma jamoa
2013—2014Belgium U195(2)
2014—2016Belgium U218(2)
2022-DR Congo3(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(26-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (25-mart uchun)

Klubdagi faoliyati

Zulte Waregem

Charleroi shahrida tugʻilgan Bongonda oʻz faoliyatini 2008-yilda 13 yoshida JMG akademiyasida boshlagan. 2013-yil yanvar oyida u Belgiya Pro-ligasi jamoasi SV Zulte Waregemga qoʻshildi, dastlab yoshlar tarkibiga faoliyatini boshlagan[1].

Bongonda professional debyutini 2013-yilning 25-sentyabrida, Belgiya kubogi doirasida KFC VW Hammega qarshi safarda 2:1 hisobida jamoasi bilan gʻalaba qozongan[2]. Uning ligadagi debyuti 15-dekabr kuni boʻlib oʻtdi, u Lierse SKga qarshi oʻz uyida 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushdi[3].

Bongonda oʻzining professional golini 2014-yilning 15-yanvarida kiritdi va Cercle Brugge KSVga qarshi safarda 2:3 hisobida jamoasi bilan magʻlub boʻldi[4]. 2014-yilning 20-aprelida u KSC Lokerenga qarshi safarda 3:2 hisobida jamoasi bilan magʻlub boʻlgan oʻyinda birinchi ligadagi golini kiritdi[5].

Celta Vigo

2015-yilning 9-yanvarida Bongonda La Liga vakili Celta de Vigo bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi[6]. U 26 turda jamoasi safida La Ligada debyut qildi va Getafega qarshi safarda 2:1 hisobida jamaosi bilan magʻlub boʻlgan oʻyinda Nemanja Radojaning oʻrniga maydonga tushdi[7].

Trabzonspor

2017-yilning 15-iyunida Bongonda Trabzonsporga sotib olish opsiyasi bilan mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshildi[8]. Biroq u maydondan koʻra koʻproq zaxira oʻrindigʻida boʻldi.

Zulte Waregem

2017-18-yilgi mavsumning qishki transfer oynasida Bongonda ijara asosida yana Zulte-Waregemga qoʻshildi. 2018-yilning 4-iyulida u Essevee bilan 2022-yilning 30-iyuniga qadar toʻrt yillik shartnoma asosida jamoaga qoʻshildi[9].

Genk

Bongonda 2019-yil yozida Belgiyaning birinchi divizioni vakili Genk klubiga rekord darajadagi pul evaziga qoʻshildi[10].

Bongonda 2021-yilning 25-aprelida Belgiya kubogi finalida Standard Liegega qarshi Genk jamoasi bilan kubogni qoʻlga kiritdi[11].

2021-yil, 23-iyulda Bongonda 2021-22-yilgi Belgiya birinchi divizioni A mavsumida Genkning birinchi golini urdi va xuddi shu raqib bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi[12].

Cádiz

2022-yil, 26-avgustda Bongonda Cadiz klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolab, Ispaniyaga qaytdi[13].

Xalqaro faoliyati

Bongondaning otasi Kongolik va onasi Belgiyalik[14]. U Belgiya yoshlar terma jamoasi vakili hisoblanadi. 2022-yil yanvar oyida FIFA uning Kongo DR terma jamoasiga oʻtish huquqini qabul qildi[15]. U Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi safida 2022-yilning 1-fevralida Bahraynga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:0) debyut qilgan[16].

Faoliyat statistikasi

2021-yil, 30-iyul holatiga ko'ra [17][18]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
KlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Zulte Waregem2013-14Belgian Pro League905100101242
2014-15143203000193
Jami2337130101435
Celta Vigo2014-15La Liga81100091
2015-162323000262
2016-17301616000422
Jami6141016000775
Trabzonspor (ijara)2017-18Süper Lig30320062
Zulte Waregem (ijara)2017-18Belgian First Division A400095135
Zulte Waregem2018-19Belgian First Division A2882000963714
Genk2019-20Belgian First Division A2251060295
2020-213516423918
2021-222300001134
Jami59245260117127
Karyera jami18439276150271324758

Yutuqlari

Genk

  • Belgiya kubogi: 2020-21[19]

Manbalar