The Beatles

"BITLZ" (ing. "The Beatles") — ingliz vokalcholgʻu ansambli. Rok musiqasi asoschilaridan. 1950-yillar oxirida Liverpulda kvartet tarzida tashkil etilgan. Asarlarni asosan P. MakKartni bilan J. Lennon ijod qilgan. "B." dastlab oʻyinbop (sheyk, tvist kabi roknroll usullariga asoslangan) qoʻshiqlarni ijro etgan. Keyinchalik, kelt folklori, ingliz balladasi uslublari hamda zamonaviy ritmlardan ijodiy foydalanib, oʻziga xos uslub yaratgan. 1966-yilgacha jahon boʻylab katta sahnalarda (hatto stadionlarda ham) konsertlar bergan. 1967-yildan boshlab asosan ovoz yozish studiyalarida ishlab, 10 dan oshiq gramplastinka chiqargan, 3 filmga musiqa yozgan. 1970-yilda tarqalib ketgan. "B." guruhi rokmusiqasi rivojiga muhim hissa qoʻshib, uni oʻyinkulgi, maishat doirasidan sanʼat darajasiga koʻtargan.[2]

The Beatles
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Liverpul, Angliya
Mamlakat Buyuk Britaniya
Faoliyat yillari 1960–1970
(Qisman qayta birlashuv: 19941995)
Janr Rok/Pop[1]
Leybl Parlophone, Capitol, Apple
Vee-Jay, Polydor, Swan, Tollie
Tarkib John Lennon
Paul McCartney
George Harrison
Ringo Starr
Sobiq aʼzolar Stuart Sutcliffe
Pete Best
Vebsayt www.beatles.com

The Beatles yoki Beatles (talaffuzi: Bitlz) Liverpullik ingliz musiqiy guruhi boʻlgan. The Beatles ommaviy madaniyat tarixidagi eng omadli guruh deb hisoblanadi.[3]

The Beatles AQShda eng koʻp sotiladigan albomlar chiqargan.[4] Buyuk Britaniyada The Beatles'ning 40 dan ortiq turli singllari va albomlari chartlarda birinchi oʻrinlarga chiqqan. EMI leybl kompaniyasiga koʻra, 1985 yilgacha dunyoda The Beatles'ning bir milliarddan ortiq disk va kassetalari sotilgan.[5] 2004 yili Rolling Stone jurnali The Beatles'ni 100 nafar Eng Buyuk Artistlar roʻyxatida birinchi pogʻonaga loyiq koʻrdi.[6] Ularning musiqiy faoliyati XX asr madaniyatini shakllantirdi.

Diskografiya

Guruhning Buyuk Britaniyada chiqarilgan asosiy studiyaviy albomlari

YilNomiMa'lumot
1963Please Please MeStudiyaviy albom
1963With The BeatlesStudiyaviy albom
1964A Hard Day's NightStudiyaviy albom; xuddi shunday nomlangan filmga saundtrek
1964Beatles For SaleStudiyaviy albom
1965Help!Studiyaviy albom; xuddi shunday nomlangan filmga saundtrek
1965Rubber SoulStudiyaviy albom
1966RevolverStudiyaviy albom
1967Sgt. Pepper's Lonely Hearts Club BandStudiyaviy albom
1967Magical Mystery TourStudiyaviy mini albom (2 ta plastinka), albom bilan bir hil nomlangan film uchun tarona
1968The BeatlesStudiyaviy albom (2 ta plastinka), «White Album» («Oq Albom») nomi bilan mashhur
1969Yellow SubmarineStudiyaviy albom; xuddi shunday nomlangan filmga saundtrek
1969Abbey RoadStudiyaviy albom
1970Let It BeStudiyaviy albom; xuddi shunday nomlangan filmga saundtrek

Ilovalar

Havolalar

Manbalar