Timothée Chalamet

amerikalik aktyor

Timothèe Hal Chalamett — amerikalik aktyor. Akademiya(Oscar), uch karra BAFTA, ikki karra Oltin globus va besh karra Screen Actors Guild Awards mukofotlari nomzodi. Homeland (2012), Interstellar (2014), Beatiful Boy (2018), Little Women (2019), Dune (2021), Donʼt Look Up (2021) va Wonka (2023) kabi filmlarda suratga tushgan.

Timothée Chalamet

Chalamet 2017-yil Berlin kinofestivalida
Tavalludi
Timothée Hal Chalamet

27-dekabr 1995-yil (1995-12-27) (28 yosh)
Fuqaroligi
Kasbi Aktyor
Filmlari
Faoliyat yillari 2007-yildan
Qarindoshlari
  • Pauline Chalamet (Singlisi)
  • Rodman Flender (amakisi)
  • Amy Lippman (xolasi)

Biografiya

Timothée Hal Chalamet 1995-yil 27-dekabrda New-York shahrida tugʻilgan. Opasi Pauline Chalamet aktrisa. Onasi Nicole Flender yahudiy va yarim avstriyalik. U Yel universitetida fransuz tili va raqs oʻqituvchisi boʻlgan. Uning otasi Mark Chalamet fransuz. Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) muharriri va Le Parisien gazetasining New-Yorkdagi sobiq muxbiri.

Chalamet ingliz va fransuz tillarini mukammal biladi. Amerika Qoʻshma Shtatlari va Fransiya fuqaroligiga ega. U voyaga yetguncha asosiy vaqtini Lion shahridan ikki soatlik yoʻlda joylashgan Le Chambon-sur-Lignon  fransuz qishlogʻida, bobosi va buvisining uyida oʻtkazdi. Uning taʼkidlashicha Fransiyada boʻlgan vaqtlari unda madaniyatlararo oʻziga xoslik muammolari paydo boʻlgan.

Chalametning  Fiorello X. LaGuardia nomidagi musiqa, sanʼat va sahna sanʼati oliy maktabiga qabul qilinishi aktyorlik mahoratini burilish nuqtasi boʻldi. Maktabda Chalamet bir yil davomida Madonnaning qizi Lourdes Leon bilan uchrashib yurdi.

Maktabdan soʻng oʻsha paytda 17 yoshli Chalamet bir yil davomida Columbia universitetida madaniy antropologiya boʻyicha tahsil olgan va Hartly Hollda istiqomat qilgan.

Filmografiya

Chalamet 2018-yilgi Toronto xalqaro film festivalida
YilFilm nomiRol
2014Men, Women & ChildrenDanny Vance
InterstellarYosh Tom Cooper
Worst FriendsYoung Sam
2015One & TwoZac
The Adderall DiariesYosh Stephen Elliott
Love the CoopersCharlie Cooper
2016Miss StevensBilly Mitman
2017Call Me by Your NameElio Perlman
Hot Summer NightsDaniel Middleton
Lady BirdKyle Scheible
HostilesPhilippe DeJardin
2018Beautiful BoyNic Sheff
2019A Rainy Day in New YorkGatsby Welles
The KingQirol Henry V
Little WomenTheodore "Laurie" Laurence
2021The French DispatchZeffirelli B.
DuneAtreides, PaulPaul Atreides
A Man Named ScottHimself
Donʼt Look UpYule
2022Bones & AllLee
2023WonkaWilly Wonka
2023Dune 2Paul Atreides

Mukofot va Nominatsiyalar

Chalamet kino, televideniye va teatrdagi ijrolari uchun turli mukofot va nominatsiyalarga sazovor boʻlgan. Uning asosiy nominatsiyalari orasida Akademiya(Oscar) mukofoti, ikkita Oltin globus mukofoti, uchta BAFTA mukofoti, beshta Screen Actors Guild Awards mukofoti va beshta „Tanqidchilar tanlovi“ kino mukofoti bor.

Bir qancha filmlar va telekoʻrsatuvlarda kichik rollarni oʻynagach, Chalamet "Homeland " (2012) teleserialida Finn Walden rolini ijro etdi. Buning uchun u „Screen Actors Guild Awards“ mukofotiga nomzod boʻldi. 2016-yilda Chalamet John Patrick Shanlyning „Adashgan oʻgʻil“ avtobiografik pyesasida rol oʻynadi, bu roli uchun Drama ligasi mukofotiga „Eng yaxshi ijrosi“ uchun nomzod boʻldi va „Eng yaxshi bosh rol ijrochisi“ uchun „Lyusil Lortel“ mukofotiga sazovor boʻldi.

Chalametning 2017-yilda „Call Me by Your Name“ romantik dramasidagi Elio Perlman roli uchun „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida Oscar mukofotiga nomzod boʻldi. U bu nomiatsiyani olgan uchinchi eng yosh nomzod boʻldi.

Shuningdek ushbu film uchun BAFTAScreen Actors Guild Awards va Oltin globus mukofotlariga nomzod boʻlgan.[1]

Chalamet shuningdek, 2017-yilda „ Lady Bird“ va „Dushmanlar“ filmlaridagi yordamchi rollari uchun ham bir qancha eʼtiroflarga sazovor boʻldi. 2017-yilda „Beautiful boy“ dramasida giyohvand oʻsmir rolini ijro etdi. Buning uchun BAFTAOltin globus mukofoti va eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor uchun Screen Actors Guild Awards mukofotiga nomzod boʻldi.

Shaxsiy hayoti

Chalamet 2013-2014-yillarda qoʻshiqchi Madonnaning qizi Lourdes Leon bilan uchrashdi.

2018-yilda esa „Qirol“ filmi yulduzi, aktyor Johnny Deppning qizi Lili-Rouz Depp bilan uchrashib yurdi.

Keyinchalik fransuz qoʻshiqchisi va aktrisasi Vanessa Paradis bilan turmush qurdi. 2020-yil aprel oyida er-xotin ajrashganini elon qildi.

2020-yil iyun oyidan buyon meksikalik aktrisa va qoʻshiqchi Aisa Gonsales bilan munosabatda.[2]

Manbalar

Havolalar

Timothée Chalamet IMDbda