Top Gun: Maverick
Top Gun: Maverick 2022-yilda ekranlarga chiqarilgan jangari-drama filmdir. Film rejissori — Joseph Kosinski. Ssenariy mualliflari — Ehren Kruger, Eric Warren Singer va Christopher McQuarrie. Film 1989-yilda ishlangan Top Gun filmi davomi hisoblanadi. Bosh rollarda, Tom Cruise (kapitan Pete „Maverick“ Mitchell rolida), Miles Teller, Jennifer Connelly, Jon Hamm, Glen Powell, Lewis Pullman, Ed Harris va Val Kilmer.
Top Gun: Maverick | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Joseph Kosinski |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) |
|
Hikoya |
|
Rollarda |
|
Bastakor(lar) |
|
Kinematografiya | Claudio Miranda |
Muharrir(lar) |
|
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | Paramount Pictures |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 130 daqiqa[1] |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $170 million[2] |
Daromadi | $1.486 billion[3][4] |
Top Gun: Maverick boʻyicha loyiha 2010-yilda Paramount Pictures tomonidan eʼlon qilingan. Cruise va Kilmerga dastlabki asl rollarini qaytarish uchun produser sifatida Jerry Bruckheimer va rejissor Tony Scott murojaat qilishdi. 2012-yil oʻrtalarida ssenariy loyihasi tayyor boʻldi. Biroq, Scott oʻz joniga qasd qildi va filmni dastlabki suratga olish jarayoni toʻxtatildi[5][6]. Film Scott xotirasiga bagʻishlandi. 2017-yil iyun oyida Kosinski ishga qabul qilindi va ssenariyning yangi loyihasini yozdi. Asosiy suratga olish 2018-yilning mayidan 2019-yilning apreligacha Kaliforniya, Vashington, Kolumbiya okrugi va Merilendda boʻlib oʻtdi. Film IMAX sertifikatiga ega 6K toʻliq kadrli kameralar yordamida suratga olindi. Uning chiqishi dastlab 2019-yil 12-iyulga rejalashtirilgan edi, biroq avvaliga bir nechta murakkab harakatlar ketma-ketliklarini suratga olish jarayonlari, keyin esa kino sanoatiga taʼsir koʻrsatgan COVID-19 pandemiyasi va rejalashtirishdagi mojarolar tufayli kechiktirildi[7].
Top Gun: Maverick premyerasi AQShda 2022-yil 27-mayda boʻldi. Kinoteatrlarda IMAX, 4DX,[8] ScreenX,[9] va Dolby Cinema[10] formatlarida namoyish etildi. Kinotanqidchilar filmi juda ijobiy baholashdi. Film umumjahon boʻylab $1.48 milliard jamgʻardi va 2022-yilning eng kassabop filmiga aylandi.
Mazmuni
Rollarda
Rol | Aktyor (aktrisa) |
---|---|
kapitan Pete „Maverick“ Mitchell | Tom Cruise |
leytenant Bradley „Rooster“ Bradshaw | Miles Teller |
Penelope „Penny“ Benjamin | Jennifer Connelly |
kommandor Beau „Cyclone“ Simpson | Jon Hamm |
kommandor Solomon „Warlock“ Bates | Charles Parnell |
Bernie „Hondo“ Coleman | Bashir Salahuddin |
leytenant Jake „Hangman“ Seresin | Glen Powell |
leytenant Natasha „Phoenix“ Trace | Monica Barbaro |
leytenant Robert „Bob“ Floyd | Lewis Pullman |
leytenant Mickey „Fanboy“ Garcia | Danny Ramirez |
leytenant Reuben „Payback“ Fitch | Jay Ellis |
leytenant Javy „Coyote“ Machado | Greg Tarzan Davis |
admiral Tom „Iceman“ Kazanski | Val Kilmer |
kommandor Chester „Hammer“ Cain | Ed Harris |
Amelia Benjamin | Lyliana Wray |
Sarah Kazansky | Jean Louisa Kelly |
leytenant Logan „Yale“ Lee | Raymond Lee |
leytenant Brigham „Harvard“ Lennox | Jake Picking |
Musiqasi
№ | Nomi | Muallif(lar) | Ijrochi(lar) | Davomiyligi |
---|---|---|---|---|
1. | „Main Titles (You've Been Called Back to Top Gun)“ | Harold Faltermeyer | 2:30 | |
2. | Nomsiz |
| Kenny Loggins | 3:36 |
3. | „Darkstar“ |
| 3:01 | |
4. | „Great Balls of Fire“ (live) |
| Miles Teller | 1:55 |
5. | „You're Where You Belong / Give 'Em Hell“ |
| 5:46 | |
6. | „I Ainʼt Worried“ |
| OneRepublic | 2:28 |
7. | „Dagger One Is Hit / Time to Let Go“ |
| 5:06 | |
8. | „Tally Two / Whatʼs the Plan / F-14“ |
| 4:34 | |
9. | „The Man, the Legend / Touch Down“ |
| 3:54 | |
10. | „Penny Returns“ (interlude) |
| 2:47 | |
11. | „Hold My Hand“ |
| Lady Gaga | 3:45 |
12. | „Top Gun Anthem“ | Faltermeyer |
| 2:28 |
Jami davomiyligi: | 43:35 |
№ | Nomi | Davomiyligi |
---|---|---|
13. | „Canyon Dogfight“ | 3:20 |
Jami davomiyligi: | 46:55 |