Trần Đại Quang

Vetnamning 8-prezidenti

Trần Đại Quang (1956-yil 12-oktyabr – 2018-yil 21-sentyabr) – Vetnamlik siyosatchi va politsiya generali[1], 2016-yildan 2018-yilda vafotigacha Vyetnamning toʻqqizinchi prezidenti boʻlib ishlagan[2]. Besh yil davomida jamoat xavfsizligi vaziri (2011–2016) lavozimida ishlagan[3]. Kuang oʻzidan oldingi Trương Tấn Sang tomonidan prezidentlikka nomzod qilib koʻrsatilgan va 2016-yil 2-aprelda Vetnam Milliy Assambleyasi tomonidan bu lavozimga saylangan. Siyosiy byuroda Kommunistik partiya bosh kotibi Nguyen Phu Trọngdan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi[4][5].

Trần Đại Quang
Vyetnam Prezidenti
Mansab davri
2016-yil 2-apreldan – 2018-yil 21-sentyabrgacha
Hukumat boshligʻi Nguyễn Xuân Phúc
Vitse-prezident Đặng Thị Ngọc Thịnh
Vyetnam jamoat xavfsizligi vaziri
Mansab davri
2011-yil 3-avgustdan – 2016-yil 8-aprelgacha
Hukumat boshligʻi Nguyễn Tấn Dũng
Oʻtmishdoshi Lê Hồng Anh
Vorisi Tô Lâm
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-oktyabr 1956-yil
Ninbin
Vafoti 21-sentyabr 2018-yil(2018-09-21)
(61 yoshda)
Xanoy
Siyosiy partiyasi Kommunist
Turmush oʻrtogʻi Nguyễn Thị Hiền
Mansubligi  Vyetnam
Qoʻshin turi Jamoat xavfsizligi
Xizmat yillari 1972–2016
Unvoni General-ofitser

Biografiyasi

Trần Đại Quang 1956-yil 12-oktyabrda Vyetnam Demokratik Respublikasining Nin Bin provinsiyasida tugʻilgan[6]. Uning otasi daryoda baliq ovlovchi, onasi banan sotuvchi boʻlib ishlagan[7]. Ularning olti farzandi bor edi, ulardan toʻrt nafari oʻgʻil edi. Otasi vafot etgan. Onasi bolalarni oʻzi katta qilgan. Trần Đại Quang onasiga dehqonchilikda yordam bergan[8].

Kim Son B oʻrta maktabini tugatgan.

1972-yil iyuldan oktyabrgacha Xalq militsiya maktabida oʻqigan[9].

1975-yil oktyabrda Ichki ishlar vazirligi Chet tillar va madaniyat maktabini tugatgan.

1986-yilda Xalq xavfsizlik universitetini tugatgan.

1991-yil oktyabrda Nguyen Ai Quok akademiyasini tugatgan.

1991-1994-yillarda Xanoy yuridik universitetida oʻqigan[10].

1994–1997-yillarda Xo Chi Min Milliy Siyosat Akademiyasida aspiranturasi talabasi[11].

1996-yilda Yurisprudensiya fanlari nomzodi darajasini oldi[12].

2009-yilda xavfsizlik fanlari professori unvoni berilgan[13].

Trần Dại Quang avval 2011-2016 yillarda jamoat xavfsizligi vaziri, 2011-2014 yillarda OIV/OITS profilaktikasi qoʻmitasi rahbari oʻrinbosari va 2017-2018 yillarda Vetnam Qizil Xoch jamiyati prezidenti lavozimlarida ishlagan [14] U Vetnam Kommunistik partiyasining 12- Siyosiy byurosining aʼzosi boʻlib, u Bosh kotib Nguen Phu Trọngdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan. [15]

Trần Đại Quang 1980-yil 26-iyulda Vetnam Kommunistik partiyasiga rasman aʼzo boʻldi[16]. 1997-yildan Vetnam Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi aʼzosi va partiya Markaziy qoʻmitasi aʼzosi boʻldi.

2016-yil yanvar oyida Vyetnam Kommunistik partiyasining 12-syezdida Trần Đại Quang Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidentligiga nomzod boʻldi va 2016-yil 2-aprelda Vetnam Milliy Assambleyasi tomonidan tasdiqlandi. Oʻsha kuni Trương Tấn Sangning oʻrnini egalladi. Shu kuni Nguyễn Xuân Phucni hukumatning yangi rahbari lavozimiga taklif qildi.

Trần Đại Quang 2018-yil 21-sentyabr kuni Xanoy shahridagi 108-harbiy markaziy gospitalda 61 yoshida virusli kasallikning asoratlari tufayli vafot etdi[17][18]. 27-sentabr kuni Xanoyda davlat dafn marosimi boʻlib oʻtdi. Nin Bindagi qabristonga dafn etilgan[19]. Xotira marosimida Vetnamning koʻplab siyosatchilari va chet ellik taniqli shaxslar qatnashdi.

Manbalar