Kontent qismiga oʻtish

Turabay Kulatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turabay Kulatov
Qirgʻiziston SSR Xalq Komissarlari Kengashi raisi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1907-yil 28-dekabr
Qizil-Buloq (Novqat tumani) Farg'ona viloyati Rossiya imperiyasi
Vafoti 1984-yil 19-fevral
Bishkek Qirgʻiziston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Siyosiy partiyasi VKP(b) (1932-yildan beri)
Mukofotlari

Turabay Kulatovich Kulatov (1907-yil 28-dekabr, Qizil-Buloq, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi — 1984-yil 19-fevral, Bishkek, Qirgʻiziston SSR) — sovet davlat va partiya arbobi, Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi (1945—1978). Qirg‘iziston Respublikasi Qahramoni (2019, vafotidan keyin).

Biografiyasimanbasini tahrirlash

Turabay Kulatov 1907-yil 28-dekabrda Turkiston viloyati Fargʻona viloyati Qizil-Buloq qishlogʻida (hozirgi Qirgʻiziston) dehqon oilasida tavallud topgan.

1961-yilda KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabini tamomlagan. Mehnat faoliyatini ishchi sifatida boshlagan.

1926-yildan temir yoʻlda ishchi, yuk koʻtaruvchi, keyin Qizil-Qiya konining ishchisi boʻlgan. 1934-yildan kon qoʻmitasi raisi, 1938-yilda Qizilqiya shahar Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, keyin „Qirgʻizugol“ tresti direktorining oʻrinbosari, 1938 — 1945-yillarda Qirgʻiziston SSR Xalq Komissarlari Sovetining raisi, 1946-yildan SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi Raisining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1945-yilning noyabrida Turabay Kulatov Respublika Oliy Kengashi Prezidiumi raisi etib saylandi va u 1978-yilning avgustigacha shu yerda ishladi[1].

1945 — 1978-yillarda Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining raisi boʻlgan. 1932-yildan VKP (b) aʼzosi, 1939—1981-yillarda KPSS Markaziy taftish komissiyasi aʼzosi va SSSR Oliy Kengashining 1- va 8-chaqiriq deputati hisoblanadi.

Turabay Kulatov 1978-yilda pensiyaga chiqqan[2].

Mukofotlar va unvonlarimanbasini tahrirlash

Qirgʻiziston Respublikasi Qahramoni „Oq-Shumkar“ maxsus koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan (2019-yil 28-avgust, vafotidan keyin) — Qirgʻiziston davlati va xalqi oldidagi ulkan shaxsiy xizmatlari, vatanparvarligi va ona Vatanga fidoyiligi uchun

5 marta Lenin ordeni.

Oktabr inqilobi ordeni.

4 marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni[3].

Manbalarmanbasini tahrirlash

Havolalarmanbasini tahrirlash

🔥 Top keywords: Maxsus:SearchBosh SahifaBirinchi yordamSayyoraAmir TemurVoleybolKoinotAlisher NavoiyBasketbolBotir ZokirovOʻzbekistonFeʼlAbdurauf FitratAbu Rayhon BeruniyJadidchilikFutbolHalima XudoyberdiyevaBirlashgan Millatlar TashkilotiKitobIslomIkkinchi jahon urushiNaqshFalsafaQoraqalpogʻistonTasviriy sanʼatYozAbu Ali ibn SinoOrol dengiziUslubDunyo aholisiAmerika Qoʻshma ShtatlariMicrosoft ExcelPoliz ekinlariInternetFutbol maydoniBirinchi jahon urushiTinish belgilariGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqAllohning 99 nomi