Tyias Browning

Tyias Charlz Browning (1994-yil 27-mayda tugʻilgan), shuningdek Jiang Guangtai nomi bilan tanilgan (xitoycha: 蒋光太), Xitoy Superligasi klubi Guangzhou FC himoyachisi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi. Angliyaning Liverpool shahrida tugʻilgan[1], 2021-yildan beri Xitoy terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Tyias Browning
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiJiang Guangtai
Tavallud sanasi27-may 1994-yil (1994-05-27) (30 yosh)
Tavallud joyiLiverpool, Angliya
Boʻyi1.87m
AmpluasiHimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shanghai Port F.C.
Raqami-
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2012Everton
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2012—2019Everton7(0)
2014→ Wigan Athletic (Ijara)2(0)
2017→ Preston North End (Ijara)8(0)
2017—2018→ Sunderland (Ijara)27(0)
2019—2022Guangzhou Evergrande48(0)
2022-Shanghai Port F.C.0(0)
Milliy terma jamoa
2010Angliya U174(0)
2013Angliya U194(0)
2014—2015Angliya U215(0)
2021-Xitoy14(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-avgust 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (27-iyul 2022-yil uchun)

Browning markaziy himoyachi sifatida oʻynashdan tashqari, oʻng qanot himoyachisi sifatida ham oʻynay oladi[2][3].

Yoshlar jamosi

Browning Angliyaning Liverpool shahrida tugʻilgan[4]. U oʻzining sobiq Wigan Athleticdagi jamoadoshlari Li Nikolls va Jek Fillips bilan bir maktabda oʻqigan[5]. U Xitoy terma jamoasida oʻynash huquqiga ega boʻlgan, buning sababi uning onasi tomonidan bobosi Ying-Ving Chiang (1939—1992), Angliyaning Maklesfild shahrida oshpaz boʻlib ishlagan, Xitoyning Sinxuy okrugidagi Meige qishlogʻidan Angliyaga koʻchib kelgan[6]. Uning ona tomondan bobosi qora tanli britaniyalik ayolga uylangan. 2019-yilda Browning Xitoy fuqaroligini qabul qilgan[7].

Klubdagi faoliyati

Everton

Browning 2011-yil iyul oyida „Everton“ safida mavsumoldi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻynagan.

Browning „Everton“ga 2004-yilda oʻn yoshida kelib qoʻshilgan[8][9]. Bungacha u „Everton“ga oʻtgunga qadar sakkiz oy davomida mahalliy jamoada oʻynagan[9]. „Everton“ yoshlar jamoasida oʻtganidan soʻng, Browning klub zaxirasida oʻynay boshlagan va u yerda asosiy tarkib oʻyinchisiga aylangan[10]. Keyin u 2010/11-yilgi mavsumda Everton Reservesga U18 Premer-liga chempionligini qoʻlga kiritishda yordam bergan[11][12][13].

Browning klub zahirasida rivojlanib, u yerdagi faoliyati davomida oʻng qanot himoyachisi pozitsiyasida oʻynagan[14].

Guangzhou Evergrande

2019-yilning 20-fevralida Browning nomaʼlum toʻlov evaziga Xitoy Superligasining „Guangzhou Evergrand“ klubiga oʻtgan[15][16]. 2019-yilning 5-martida u OChL-2019 doirasida Yaponiyaning „Sanfrecce Hirosima“ jamoasiga qarshi oʻz uyida 2:0 hisobida gʻalaba qozongan holda klub safida debyut qilgan[17].

Shanghai Port F.C.

2022-yilning 22-avgustida Browning Xitoy Superligasining „Shanhay Port“ klubigaoʻtgan.

Xalqaro faoliyati

Brownning Angliyani 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan toifada himoya qilgan[18][19].

2010-yilda Browning toʻrt marta, Angliya U17 uchun maydonga tushgan, jumladan, Nordic turniriga chaqirilgan[20][21].

2013-yil mart oyida Browning Angliya U19 terma jamoasiga ilk bor chaqiruv olgan va Turkiya U19 terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan[22]. U 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoa safida toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan.

2014-yilning may oyida Browning birinchi marta 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasiga chaqirilgan[23]. 2014-yil 22-may kuni Browning Angliya U21 terma jamoasida debyut qilgan va oʻyinda Qatar U21 ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan[24].

Browning 2020-yilda Xitoy terma jamoasiga ilk bor chaqiruv olgan, ammo xalqaro maydondagi debyutini 2021-yil 30-may kuni Guamga qarshi Jahon chempionati saralash oʻyinida oʻtkazgan[25].

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumLigaKubokLiga kubogiQitʼaBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Everton2012-13Premier Liga00000000
2013-1400000000
2014-152000001030
2015-1650001060
2016-1700000000
2017-1800000000
2018-1900000000
Jami7000101090
Wigan Athletic (Ijara)2013-14Championship20000020
Preston North End (Ijara)2016-17Championship80000080
Sunderland (Ijara)2017-18Championship2701010290
Guangzhou Evergrande2019Xitoy Super Ligasi401080130
20201700040210
20211900000190
202280000080
Jami480100012000610
Karyerada jami9202020130001090

Xalqaro statistika

Milliy terma jamoa
YilOʻyinlarGollar
202190
202220
Jami110

Manbalar