URL

URL (Uniform Resource Locator; inglizchadan tarjimasi „resurs joyining universal koʻrsatuvchisi“) veb-resursning kompyuter tarmogʻida joylashishini koʻrsatishning standart usulidir. URL veb-manzil deb ham yuritiladi[1]. URL URI (Uniform Resource Identifier; tarjimasi: „Resursning universal identifikatori“) ning muayyan turi hisoblanadi[2].

Veb-brauzerlarning aksariyatida veb-sahifa URL-manzili manzil qatori ichida koʻrsatiladi. URL-manzil http://www.misol.com/index.html kabi shaklda boʻladi. Bunda, http — protokol, www.misol.com — host nomi, index.html — fayl nomi.

Manbalar