Ullam-bana festivali

Ullam-bana festivali

Nomi: Ullam-bano festivali (Arvohlar festivali yoki Zhongyuan festivali)

Sanasi: Yettinchi oyning, yaʼni Iyul oyining 15-sanasi (oy toʻladigan kun)

Ullam-balo festivali haqida

Yettinchi oyning (Iyul) 15-sanasida oʻtkaziladigan festival bu „Ullam-bana Festivali“ yoki „Zhongyuan festivali“ va ba'zi joylarda „Arvohlar festivali“ yoki „Shigu“ deb ham ataladi. Bu festival budda diniga sigʻinuvchilar bayrami boʻlib uning asl mohiyati ajdodlarga qurbonlik keltirishdan iborat. Bu festivalni nishonlaydigan insonlar jahannam Diguan Dadi tomonidan boshqarilishiga ishonishadi va har yili yettinchi oyning 15-sanasi uning tugʻilgan kuni deb bilishadi. Shu kuni Diguan Dadi jahannam eshiklarini ochadi va arvohlarni yerga yuboradi. Bu festivalni nishonlovchilar arvohlarga yegulik va ichimlik tayyorlab ularga qulaylik yaratadi.

Kelib chiqish tarixi

Ullam-balo festivali * sanskrit dan kelib chiqqan. Aytib oʻtilganidek bu bayramni Buddistlar tashkillashtiradi. Aytishlaricha, Sakyamuni * Sakyamuni oʻz onasini jahannamda oyogʻi yuqoridan qilib osib qoʻyilganini koʻradi va Buddadan onasini jahannamdan ozod qilishini soʻraydi. Buning evaziga esa Sakyamuni barcha buddist jasadlar uchun har yili yettinchi oyning 15-sanasida yuzlab turdagi ovqatlar tayyorlashini aytadi. Shu tariqa Ullam-bano festivali boshlanadi.

Rivojlanishi

Shimoldagi va janubdagi qadimgi Liang sulolasidan boshlab odamlar bu odatga ergashishni boshlashadi. Bora-bora bu odat festivalga aylanadi va „Zhongyuan festivali“ nomini oladi. Keyinchalik esa bu festival nishonlovchilari faqat ovqat tayyorlash bilan cheklanib qolishmaydi, ular "baichan" va "fangyankou" nomli tadbirlarni ham urf-odatga qoʻshishadi. Festival nishonlanadigan kunga keladigan boʻlsak, Fashi (marosimni oʻtkazadigan inson, asosan budddist) ning joyi hamda shigu sahnasi qishloqning kirish qismiga oʻrnatiladi. Fashining joyi oldidan esa Kitigarbha Bodhisattva (uning ishi murdalarning ruhini jahannamdan chiqarib yuborish) uchun joy hozirlanadi. Bu ikki joy atrofiga esa xamirli kulcha va guruch solingan likopchalar qoʻyiladi. 3 ta tarixiy tosh bilan xotiralash bayrogʻi shigu sahnasiga oʻrnatiladi. Kun qoq yarmiga kelganda esa har bir oila pishirilgan choʻchqa, qoʻy, tovuq va oʻrdak goʻshtlarini shigu sahnasiga qoʻyishadi. Qabila sardori qogʻozdan yasalgan uchburchak bayroqlarni shigu sahnasiga yopishtirib chiqadi. U bayroqlarda „jahannam eshiklari ochiq“ deb yozilgan boʻladi. Shundan soʻng marosim diniy va qabilada urf-odatiy boʻlgan musiqa bilan davom ettiriladi.

Fangyankou

Keyin esa Fashi muyu (arvohlar tomonidan kaltaklangan yogʻoch haykal)ni yoʻq qilish uchun boradi va afsun oʻqiydi. Shundan soʻng xamir kulchalar va guruch har tomonga uch martadan sochiladi. Bu marosim "Fangyankou" deb ataladi.

Butian

Kech tushganda har bir oila Buddaga isiriq tutatishadi. Qancha koʻp tutatilsa shuncha yaxshi. Va bu "Butian" deb ataladi. Bu marosim keyingi yildagi hosil qanchalik yaxshi oʻsishini belgilab beradi.


Daryo fonuslarini oqizish“ marosimi ham Zhongyuan festivalida kerakli marosim hisoblanadi. Turli xil rangli qogʻozlardan yasalgan daryo fonuslari kichkina qayiqchalarga mahkamlanib daryoga qoʻyib yuboriladi. Bu marosim birinchi boʻlib monatir (monasteries)lardan tarqagan va oddiy odamlar orasida ham mashhur boʻlgan. Bu marosimni oʻtkazishdan  maqsad shuki, bu fonuslar zulmdan nohaq oʻlim topgan insonlarni yoʻlini yoritish. Bu fonuslar yoʻlga chiqgan vaqt, oʻlganlarni Naihe koʻprigi (budda dinida oʻlgan odamlar kesib oʻtishi shart boʻlgan koʻprik)dan olib oʻtish vazifasi bajariladi. Odamlar Zhongyuan festivali arvohlar festivali ekanligiga ishonishadi. Hozirgi kunda bu festival oldingi kabi mashhur emas. Ammo monastirda bazi marosimlarda bu festival gubohiga aylanishingiz mumkin. Shuningdek, Keelung va Taiwanda odamlar Arvohlar festivalida qogʻoz pullarni yoqishadi.

Manbalar


Havolalar