Vikipediya:FAQ

Bu sahifada Vikipediyaga aloqador savol-javoblar yigʻiladi.

Qanday qilib yangi maqola yarataman?

Maqola ustaxonasida qadam-baqadam maqola yaratish mumkin.

Nega maqolam oʻchirildi?

Hoynahoy, qoidalarga mos kelmagani uchun (xususan, Vikipediya:Ensiklopedik ahamiyat). Agar maqolangiz qoidalarni buzmagan edi, deb oʻylasangiz, mana bu sahifada bu haqida arz qilishingiz, tegishli maqola qayta koʻrib chiqilishi va tiklanishi mumkin.

Maqola nomini qanday oʻzgartiraman?

Bu ish bu yerda koʻchirish deyiladi. Koʻchirish huquqi hammada ham bor emas, buning uchun roʻyxatdan oʻtganingizga kamida 4 kun boʻlishi va kamida 10 ta tahrir qilgan boʻlishingiz lozim. Himoyalangan sahifalar koʻchirilmaydi.

Foydalanuvchi nomimni qanday oʻzgartiraman?

Mana bu yerda soʻrov qoldirish kerak.

Vikipediyani kim yozadi?

Vikipediyadagi maqola va boshqa sahifalar yo koʻngilli foydalanuvchilar tomonidan yoziladi, yo botlar tomonidan yaratiladi. Biror sahifani kim yozganini koʻrish uchun uning tepasidagi Tarix tugmasini bosing.

Vikipediya kimga tegishli?

Saytning oʻzi Vikimedia Jamgʻarmasiga tegishli. Biroq undagi maqola va fayllar jamoa uchun ochiq. Yuridik detallar uchun bu sahifaga(ingl.) qarang.

Nega maqolalarda tutuq belgilari boshqacha?

Biz oddiy tutuq belgisi oʻrniga okina ishlatamiz. Okina apostrofdan farq qilib, soʻzlarni boʻlmaydi. Solishtiring: okina bilan va boshqa apostrof bilan. Birinchi link aynan boʻri haqida, ikkinchisi esa „bo“ va „ri“ soʻzlari haqida natija beradi.

Nega ismlarni „oʻzbekchalashtirib“ yozmaysiz?

Gap aslan lotin yozuvida yozilgan ismlar haqida ketayotgan boʻlsa, bu etik muammo tufayli, chunki biror kishi ismini „oʻzbekchalashtirish“, tarjima qilish oʻsha kishiga nisbatan hurmatsizlik boʻlur edi. Biror ajnabiy ism qanday oʻqilishini bilmasangiz, talaffuzi beriladi, shunga qarab tushunish mumkin. Lotin yozuvida boʻlmagan ismlar (xitoycha, ruscha, bolgarcha va hk) esa translit qilinadi. Qarang: VP:MNKI.
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari