Baʼzi hollarda, administratorlar Vikipediya sahifalarini oldindan ogohlantirmasdan, hatto bu sahifalar muhokamaga qoʻyilgan boʻlsa ham oʻchirib tashlashi mumkin. Bunday holatlarning barchasi quyida keltirilgan. Roʻyxat toʻliq keltirilgan boʻlib, kengaytirilgan talqin qilinishi mumkin emas. Roʻyxatga oʻzgartirish kiritish uchun har bir oʻzgartirish elementi boʻyicha muhokama oʻtkazilishi kerak.
Sahifani tezda oʻchirishga qoʻyish uchun, quyidagi andozalardan birini, yoki sababini koʻrsatgan holda {{d|sabab}} andozasini qoʻyish kerak. Andozani tezda oʻchirishga qoʻyganda <noinclude>{{tezda oʻchirish andozasi}}</noinclude> konstruksiyasidan foydalanish lozim (aks holda tezda oʻchirishga qoʻyilgan andozadan foydalanilgan barcha sahifalar tezda oʻchirishga qoʻyilib qoladi).
Tezda oʻchirishga qoʻyishni yengillashtiruvchi skript va gadjetlar mavjud:
1) rfsd.js skripti — fayllardan tashqari barcha turdagi sahifalarni tezda oʻchirishga qoʻyish uchun. special:mypage/common.js sahifasiga quyidagi qatorni qoʻshish orqali ulanadi:
importScript('User:Xusinboy Bekchanov/rfsd.js');
Skript ochiluvchi menyuda „Tezda oʻchirishga“ nomli yangi band (Vector foydalanuvchilari uchun) yoki qoʻshimcha varaqa yaratiladi. Uni bosgandan keyin Tezda oʻchirish mezonlari roʻyxatidan birini tanlang (zarur hollarda qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritgan hollarda) va OK bosing.
Oʻchirish
Oʻchirishdan oldin tahrirlar tarixini koʻzdan kechirish lozim va joriy versiyasi normal versiyaning vandal, test, tasodifiy yoki xato tahriri emasligiga ishonch hosil qilish kerak, — bunday holatlarda sahifani normal versiyasiga qaytarish kerak.
Yaqindagina yaratilgan maqolalarni oʻchirish yoki oʻchirishga belgilashdan saqlanish lozim — ayrim mualliflar maqolalarning joriy versiyasini saqlagan holda davriy bir necha bosqichda yaratishadi. Maqolani tezda oʻchirishga belgilash vaqtida uning ustida hali ishlanayotgan boʻlishi mumkin, va bunday belgi muallifni choʻchitib qoʻyishi mumkin, ayniqsa yangi boʻlsa. Yana bir mustasno Vikipediya:Qumloq hisoblanadi.
Agar sahifa quyida koʻrsatilgan mezonlarga mos kelmasa, u holda uni oʻchirish uchun Vikipediya:Oʻchirishga sahifasida keltirish kerak.
Ular maʼlum mezonlarga kiritilgan istisnolardan tashqari barcha turdagi sahifalarga qoʻllaniladi va shuning uchun bu maqolalar, yoʻnaltirishlar, maxsus sahifalar, munozara sahifalar, fayllar va shu kabilarga tegishlidir.
Ushbu mezon biror sahifani uni yaratgan foydalanuvchi (yaʼni, shu sahifa muallif) oʻchirilishini iltimos qilgan hollarga nisbatan qoʻllaniladi (bunda, sahifa shu muallif tomonidan yozilgan boʻlishi va oʻchirish sababi koʻrsatilishi lozim).
Bu faqat reklama uchun moʻljallangan sahifalarga taalluqli hisoblanadi. Agar mavzu diqqatga sazovor boʻlsa va kontentni neytral (betaraf) nuqtai nazardan yozilgan matn bilan almashtirish imkoni mavjud boʻlsa, bu sahifani saqlash oʻchirishdan koʻra afzaldir (albatta, qayta tahrirlansa).
Bu mualliflik huquqlari bilan himoyalangan materialni biror-bir veb-saytdan hech qanday oʻzgartirishsiz matn koʻchirib qoʻyilgan hollarda, erkin litsenziyasiz, saqlashga arzigulik kontent boʻlmagan matnli sahifalarga nisbatan qoʻllaniladi. Batafsil tanishish uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari buzilishi sahifasiga qarang.
Masalan: „Eshmat Toshmatov — universitet 1-kurs talabasi, 1990-yilda tugʻilgan“ va hk. Agarda maqola muallifi unda taʼriflangan obyektni mashhur, deb iddao etsa, munozara sahifasida bu iddaoni izohlashi shart.
{{Db-person}} — kishilar uchun
{{Db-band}} — guruhlar uchun
{{Db-club}} — klublar, jamiyatlar uchun
{{Db-inc}} — tashkilotlar uchun
{{Db-web}} — veb-saytlar uchun
{{Db-event}} — hodisalar uchun
{{Db-album}}, {{Db-song}} — musiqiy albomlar, qoʻshiqlar uchun