Vin

Vin — Vetnam markaziy qismidagi shahar, Ngetin provinsiyasining maʼmuriy markazi. Shim.dan jan.ga boruvchi magistral temir yoʻl yoqasida. Aholisi 154 ming kishi.

Mamlakatning sanoat-energetika va transport markazi. Mexanika ustaxonalari, yogʻochsozlik va oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr st-yasi bor. V.ga dengiz porti — Bentxyuy tutashib ketgan. Shahar yaqinida Vetnam prezidenti Xo Shi Min (1890—1969) tugʻilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil