Wolt

Wolt Enterprises Oy[1][2], ommaga Wolt nomi bilan tanilgan, — asosan oziq-ovqat va tovarlarni yetkazib berish bilan shugʻullanuvchi Finlyandiya kompaniyasi. Mijozlar kompaniya ilovasi (iOS va Android uchun mavjud) yoki veb-saytida kompaniya hamkorlaridan mahsulotlarni buyurtma qilib, oʻzlari olib ketishlari yoki yetkazib berish hizmatidan ham foydalanishlari mumkin. Wolt shuningdek, oʻzining Wolt Market deb nomlangan oziq-ovqat doʻkonlari tarmogʻiga ham egalik qiladi[3]. Kompaniya bosh qarorgohi Finlandiya poytaxti Helsinkida joylashgan[4].

Wolt Enterprises Oy
Turi Xususiy
Egasi DoorDash
Qachon asos solingan 6-oktyabr, 2014-yil (9 yil avval) (2014-10-06) Helsinki, Finlandiya
Joylashuvi location
Asoschi(lari)
  • Miki Kuusi
  • Elias Aalto
  • Mika Matikainen
  • Oskari Pétas
  • Lauri Andler
  • Juhani Mykkänen
Vebsayti wolt.com

2022-yil may oyida Wolt Amerikaning oziq-ovqat yetkazib beruvchi DoorDash kompaniyasi tomonidan sotib olindi. DoorDash bugungi kunda 29 mamlakatda faoliyat yuritadi, ulardan 25 tasida Wolt nomi ostida mahsulot va hizmatlar ham mavjud[5].

Tarixi

Wolt 2014-yilda 6 ta shaxs tomonidan, jumladan, Slush nomi ostida yillik tadbir oʻtkazuvchi kompaniyaning sobiq bosh direktori va Woltning amaldagi bosh direktori Miki Kuusi tomonidan tashkil etilgan. Kuusi 2022-yilning may oyigacha, DoorDash Wolt kompaniyasini sotib olgunigacha DoorDashning AQSHdan tashqaridagi faoliyati uchun masʼul edi[5].

Wolt hizmatlarini olib boradigan davlatlar (koʻk rangda).

2023-yil may holatiga koʻra, Wolt 25 mamlakatda va 300 dan ortiq shaharlarda, jumladan Helsinki, Tokio va Berlinda faoliyat olib boradi. Kompaniyaning 70 000 dan ortiq savdo hamkorlari, 150 000 kuryerlik hamkorlari va 20 million roʻyxatdan oʻtgan mijozlari bor[6]. Woltning 25 mamlakatdagi ofislarida 7000 dan ortiq xodim ishlaydi[7].

2021-yil noyabr oyida Wolt DoorDashga aksiyalar almashinuvi orqali birlashtirilayotgani eʼlon qilindi, bu esa Wolt aksiyadorlariga DoorDash aksiyalarining bir qismini 8,1 milliard AQSh dollari evaziga sotilishiga sabab boʻldi. 2022-yil 31-mayda Woltning DoorDash tomonidan sotib olinishi yakuniga yetdi[5].

DoorDash tomonidan sotib olinishdan oldin, Wolt investorlardan 856 million dollar mablagʻ toʻpladi, ICONIQ Capital, Highland Europe, 83North, EQT Ventures, Tiger Global, DST Global, Prosus, KKR[8], Coatue, Inventure, Lifeline Ventures, Supercell asoschisi va bosh direktori Ilkka Paananen va Nokia raisi Risto Siilasmaa va boshqalar shular jumlasidandir[manba kerak].

Wolt Financial Times tomonidan chop etilgan FT:1000 Yevropaning eng tez rivojlanayotgan kompaniyalari 2020 jadvalida ikkinchi oʻrinni egalladi[9].

Yillar boʻyicha kompaniyaning rivojlanishi

Kuryerlar

Wolt yetkazib berishda doimiy haydovchilari orqali emas (Germaniya bundan mustasno), balki oʻzi-oʻzini ish bilan taʼminlaydigan yaʼni qachon, qayerda va qancha ishlashlarini oʻzlari hal qiladigan ishchilar hizmatidan foydalanadi. Bunda kuryerlar oʻz ish haqining hisobidan pensiya, ijtimoiy sugʻurta va asbob-uskunalar bilan bogʻliq xarajatlarni oʻzlari toʻlashlari kerak boʻladi. Finlyandiyada, davlat qonunchiligiga koʻra, agar yillik YEL daromadi kamida 8575,45 evro boʻlsa, 4 oydan ortiq ishlagan ishchilar uchun ularning pensiya va kasallik harajatlari odatda YEL sugʻurtasi (Tadbirkorning pensiya sugʻurtasi) orqali toʻlab beriladi[16]. Masalan avtomobildan foydalanishda benzin, sugʻurta va boshqa harajatlarni kompaniya oʻz zimmasiga oladi. Oʻz-oʻzini ish bilan taʼminlaydigan shaxslar sifatida kuryerlar taʼtil davomida ish haqi olmaydilar. Woltning soʻzlariga koʻra, kuryerlarning uchdan bir qismi toʻliq ish vaqtida ishlaydi hamda ularning taxminan chorak qismi talabalardan iborat. Helsinkida immigrantlarning katta qismi bor kompaniya uchun kuryerlik qiladi[17][18].

Manbalar