Berlin

Olmoniya poytaxti

Berlin (nemischa talaffuzi: [bɛʁˈliːn])[3] Germaniya poytaxti va eng yirik shahridir.[4][5] Federal maʼmuriy birlik — Yerga tenglashtirilgan. Bu shahar Shpre daryosi Xafeldaryosiga quyiladigan yerda, Shimoliy va Boltiq dengizlariga chiqiladigan kanallar boʻyida joylashgan. Maydoni — 891.7 km2.[1] Shaharning gʻarbi va sharqida koʻl koʻp.

Berlin
Poytaxt shahar va munitsipalitet
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
52°31′0″N 13°23′0″E / 52.51667°N 13.38333°E / 52.51667; 13.38333 G O 13°23′0″E / 52.51667°N 13.38333°E / 52.51667; 13.38333 G O
Mamlakat Germaniya
Shtay Berlin
Hukumat
 • Mayor Kai Wegener (CDU)
Maydon 891.7[1] km2 (344.3 mi²)
Markazi balandligi 34 m
Iqlim turi Moʻtadil va sernam
Aholisi
 (31-dekabr 2020-yil)[2]
3 664 088
Vaqt mintaqasi UTC+1
Berlin xaritada
Berlin
Berlin

Tarixi

Berlin haqidagi dastlabki tarixiy maʼlumot 1244-yilga tegishli. U ikki aholi punktining birlashuvidan tashkil topgan. 1486-yildan Brandenburg gersogligi poytaxti bulgan. 17-asrda Fransiya va Bohemiyadan kelgan qrchoklar hisobiga uning aholisi tez oʻsdi. 19-asr esa Berlinning iqtisodiy rivojida muhim davr hisoblanadi. Ayni shu vaqtda (1871) u kayzer imperiyasining poytaxti va Yevropaning yirik markazlaridan biri sifatida shakllandi. Sanoat boʻyicha esa Yevropada unga teng shahar yoʻq edi. Shaharda bir qancha xalqaro kongress va konferensiyalar oʻtkazilgan. 1945-yilgacha Berlin Germaniyaning eng yirik fan, madaniyat va siyosiy markazi boʻlgan. 1933—1945-yillarda Berlin gitlerchilar „uchinchi reyxi“ning poytaxti. Berlin Ikkinchi jahon urushi yakunida sovet qoʻshinlari tomooʻidan oʻrab olinib, qattiq bombardimon qilindi va toʻplardan oʻqqa tutilgach. 1945-yil 2-mayda toʻliq egallandi. Urushdan keyin ittifoqchilar Berlinni 4 okkupatsiya sektoriga: Sovet Ittifoqi, AQSh, Angliya va Fransiya sektorlariga boʻlishdi. Keyinchalik ittifoqchilar oʻrtasidagi yuz bergan kelishmovchiliklar sababli Germaniya kabi Berlin ham 2 qismga — Sharqiy va Gʻarbiy Berlinga boʻlindi va Germaniya Demokratik Respublikasi aholisini ommaviy ravishda Gʻarbga oʻtishini toʻxtatish maqsadida 1961-yilda „Berlin devori“ (Sharqiy Germaniya va Gʻarbiy Berlin oʻrtasida umumiy uz. 162 km, jumladan shahar doirasida 45 km boʻlgan toʻsiq ikshootlar tizimi) qurildi. 70- yillar boshida vaziyat bir muncha yumshadi. 1989-yil 9-noyabrdagi siyosiy uzgarishlar tufayli Berlin devori olib tashlandi (qarang Berlin devorining suyaatilishi), soʻngra GFR (Gʻarbiy Germaniya) va GDR (Sharqiy Germaniya) qoʻshilishi haqida maxsus shartnoma imzolandi va u 1990-yil 3-oktabr dan kuchga kirdi va birlashgan Germaniyaning federal poytaxti statuyey Bonn shahridan Berlinga oʻtdi.

Geografiyasi

Berlinning sunʼiy yoʻldosh orqali olingan surati.
Berlin cheti (tashqarisi) oʻrmonlar va koʻplab koʻllar bilan oʻralgan.

Iqlimi

Iqlimi moʻtadil, sernam;[6] oʻrtacha yillik temperatura 8,4 °C, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0—0,6°C, iyulniki 18 °C. Bir yilda oʻrtacha 587 mm yogʻin yogʻadi.

Demografiyasi

Berlin aholisi, 1880-2012

Berlin poytaxt boʻlgach, aholisining soni chetdan koʻchib kelganlar hisobiga tez oʻsdi, shahar chegarasi ham kengaydi. Berlin aholisi soni quyidagicha oʻzgarib bordi: 1939-yilda 4,3 million, 1945-yilda 2,8 million va 1995-yilda 3,4 million. Hozirga kelib, 2020-yilgi maʼlumotlarga koʻra, ushbu shahar aholisi 3 664 088 nafarni tashkil etadi.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
172165 300—    
1750113 289+73.5%
1800172 132+51.9%
1815197 717+14.9%
1825220 277+11.4%
1840330 230+49.9%
1852438 958+32.9%
1861547 571+24.7%
1871826 341+50.9%
18801 122 330+35.8%
18901 578 794+40.7%
19001 888 848+19.6%
19102 071 257+9.7%
19203 879 409+87.3%
19254 082 778+5.2%
19334 221 024+3.4%
19394 330 640+2.6%
19453 064 629−29.2%
19503 336 026+8.9%
19603 274 016−1.9%
19703 208 719−2.0%
19803 048 759−5.0%
19903 433 695+12.6%
20003 382 169−1.5%
20103 460 725+2.3%
20153 520 031+1.7%
20203 664 088+4.1%
20223 755 251+2.5%

Millatlar

Fuqaroligiga koʻra istiqomat qiluvchilar (31-dekabr 2019-yil)[2]
MamlakatAholisi
Jami roʻyxatdan oʻtgan aholi3,769,495
 Germaniya2,992,150
 Turkiya98,940
Polsha56,573
 Suriya39,813
 Italiya31,573
 Bolgariya30,824
 Rossiya26,640
 Ruminiya24,264
AQSh22,694
 Vyetnam20,572
 Fransiya20,223
 Serbiya20,109
Birlashgan Qirollik16,751
 Ispaniya15,045
 Gretsiya14,625
 Xorvatiya14,430
 Hindiston13,450
Ukraina13,410
 Afgʻoniston13,301
 Xitoy13,293
 Bosniya va Gersegovina12,691
Boshqa Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlari88,241
Boshqa Yevropa mamlakatlari80,807
Afrika36,414
Boshqa Amerika mamlakatlari27,491
Okeaniya va Antarktika5,651
Fuqaroligi yoʻq aniq emas24,184

Iqtisodi

Berlinning siyosiy mavqei oshishi bilan uning iqtisodi ham tez rivojlandi. Kimyo-farmatsevtika, poligrafiya, optika, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari, mashinasozlik (elektrotexnika, elektr priborlari ishlab chiqarish, umumiy va transport mashinasozligi) sanoati korxonalari mavjud.

Berlin faqat Germaniyaning iqtisodiy markazi boʻlibgina qolmay, balki Yevropaning yirik sanoat markazlaridan biridir. Berlinda yirik bank va kredit muassasalari joylashgan. Berlin mamlakatning eng yirik transport yoʻllari tuguii, bir necha vokzal va aeroportlar bor.

Madaniyati

Berlin radial aylana reja asosida qurilgan va oʻz qiyofasini hozirgacha saqlagan. Shaharda oʻrta asr yodgorliklaridan gotika uslubiga xos Mariyenkirxe va Klosterkirxe cherkovlari (13—14-asrlar), barokko uslubidagi Nemis tarixi muzeyi (1695—1706), Brandenburg darvozasi (1788—91), klassitsizm uslubidagi opera teatri, drama teatri (1819—21) va Berlin saqlanib qolgan. Shaharda koʻplab zamonaviy savdo-sotiq binolari, saroy, uy-joylar va Berlin binolar barpo etilgan. Metropoliten qurilgan. Fanlar akademiyasi, A. Gumboldt nomidagi universitet (1809) va maxsus oʻquv yurtlari mavjud. Madaniymaishiy muassasalar: teatrlar. muzeylar, (ularda badiiy osori atiqalartoʻplangan), kutubxonalar, milliy galereya kabi yirik binolar juda koʻp. Hayvonot bogʻlari bor. 11-Olimpiada oʻyinlari (1936) boʻlib oʻtgan.[7]

Galereya

Manbalar

Havolalar