Yoon Suk-yeol

Yoon Suk-yeol, Kontsevichning transkripsiya tizimiga koʻra - Yun Sogyeol (koreyscha: 윤석열; 18-dekabr 1960-yil, Seul) - koreyalik siyosatchi va prokuror, 2019-yildan 2021-yilgacha Koreya Respublikasi Bosh prokurori, 2022-yildan Koreya Respublikasi prezidenti.

Yoon Suk-yeol
윤석열, 尹錫悅
 20-Koreya Respublikasining prezidenti
 
Mansab davri
10-may 2022-yil – bugungacha
Oʻtmishdoshi Moon Jae-in
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-dekabr 1960-yil (1960-12-18) (63 yosh)
Seul, Koreya Respublikasi
Siyosiy partiyasi Gungminuihim (People Power Party)
Dini Katolitsizm (xristian ismi – Ambrose)

Yoon 2022-yilgi prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozongan "Xalq kuchi" asosiy muxolifatdagi oʻng qanot konservativ partiyasi nomzodi boʻlgan[1].

Ilk yillar

Yoon 1960-yilda Seulning Yonxui-dong, Seodaemun-gu shahrida tugʻilgan[2]. Uning otasi Yun Ki Jung, nafaqadagi oʻqituvchi, Yonsey universiteti va Xitotsubashi universitetini tamomlagan, keyinchalik Koreya statistika jamiyatiga asos solgan va hozirda Koreya Respublikasi Milliy Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi sanaladi[3]. Onasi Gangneung shahrida tugʻilgan va turmush qurganidan keyin bu lavozimni tark etishdan oldin Evha ayollar universitetida dars bergan.

Yoon Chungam oʻrta maktabida tahsil olgan[4] va Seul milliy universitetida huquqshunoslik fakultetida tahsil olgan. Kvanju qoʻzgʻolonidan koʻp oʻtmay, Yoon va uning hamkasblari taqlidiy sud jarayonini uyushtiradilar, ushbu jarayonda u Respublika Prezidenti Chung Du Xvanga oʻlim jazosini talab qilib, ayblovchi sifatida harakat qiladi. Sahnalashtirilgan suddan soʻng Yoon Gangvon viloyatiga qochib ketadi[5].

1982-yilda Yoon anizometropiya tufayli harbiy xizmatdan ozod etildi. Keyinchalik Yoon ushbu holat tufayli haydovchilik guvohnomasini ololmaganini xotirlaydi[6].

Yoon universitetning 4-kursida advokatlik imtihonining birinchi qismini topshirdi, ammo ikkinchi urinishda buning uddasidan chiqa olmaydi. Keyingi toʻqqiz yil davomida u ushbu jabhada muvaffaqiyatga erisha olmadi. Uning muvaffaqiyatsiz urinishlari sabablari aniq emas, lekin bosh sabab sifatida uning prezidentga qarshi oʻtkazgan sahnalashtirilgan sud jarayoni koʻrsatiladi. Oxir-oqibat u 1991-yilda advokatlik sertifikatini toʻliq qoʻlga kiritadi[7].

Prokurorlik faoliyati

Ishning boshlanishi

Yoon oʻz faoliyatini 1994-yilda Tegu prokuraturasida boshlagan. U korrupsiya bilan bogʻliq ishlarni tekshiradigan Maxsus boshqarma va Markaziy tergov boshqarmasiga rahbarlik qilgan. 1999-yilda u Kim Dae-Jung hukumati byurokratlarining keskin e'tirozlariga qaramay, korrupsiya bilan shugʻullangan komissar yordamchisi Pak Xi Vonni hibsga oldi[8].

2002-yil yanvar oyida Yoon qisqa muddat Bae, Kim va Lee uchun advokat boʻlib faoliyat yuritdi, u ushbu lavozimga toʻgʻri kelmasligini his etib, ish joyini tark etadi. Prokurorlikka qaytgach, prezident Ro Mu Xyonning An Xi-jong va Kan Geum-von kabi tarafdorlarini jinoiy javobgarlikka tortdi. 2006-yilda u Jung Mong-guni Hyundai Motor Company bilan bogʻliq poraxoʻrlik ishida ishtirok etgani uchun hibsga oldi. 2008-yilda u prezident Li Myon Bak ishtirokida BBK aksiyalari narxini manipulyatsiya qilish ishida tergov jarayonini olib borgan mustaqil yuriskonsultlar guruhida ishlagan.

2013-yilda Yoon Milliy razvedka agentligining (NIA) 2012-yilda jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish mojarosiga aloqadorligini tekshirgan maxsus tergov guruhini boshqardi. Yun NIAning sobiq rahbari Von Sei Xunni davlat amaldorlari saylovi toʻgʻrisidagi qonunni buzgani uchun sudga tortishga erishdi. U adliya vaziri Xvan Kyo Anni tergovga ta'sir koʻrsatganlikda aybladi. Natijada, uning lavozimi pasaytirilib, Seul prokuraturasidan Tegu va Tejon prokuraturasiga oʻtkazib yuborildi[9].

Yoon Seok Yeol oʻn olti yoshda (1976-yil)

Keyinchalik Yoon maxsus prokuror Pak Yon Su jamoasi ustidan tergov guruhiga boshchilik qildi, jarayon 2016-yilda sodir boʻlgan Choy Sun Sil mojarosiga aloqador ayblovlarni tekshirdi. Bu mojaroda Samsung vitse-prezidenti Lee Jae Yon va Koreyaning oʻsha paytdagi prezidenti Pak Kin Xe ham ishtirok etgan. Kelajakda ushbu hodisa 2016-yil dekabr oyida mamlakat prezidentiga impichment e'lon qilinishiga yetakladi[10].

2017-yil 19-may kuni yangi saylangan prezident Mun Chje In Yoonni Seul markaziy okrugi prokuraturasi boshligʻi etib tayinladi. Ikki sobiq prezident Li Myon Bak va Pak Kin Xe, shuningdek, NIAning uchta sobiq rahbari, sobiq bosh sudya Yang Song Te va uning davridagi boshqa 100dan ortiq sobiq amaldorlar va biznes rahbarlariga qarshi ayblovlar qoʻyildi. Yoon, shuningdek, Samsung[11] kompaniyasidagi buxgalteriya hisobida firibgarlik boʻyicha ham tergov olib bordi.

Bosh prokuror

2019-yil 17-iyun kuni Yoon Mun Mu Il oʻrniga Bosh prokuror etib tayinlandi. Uning nomzodini hukmron "Demokratik partiya" va "Demokratiya va Tinchlik partiyasi" olqishladi, biroq bunga "Ozod Koreya" va "Barunmirey" qarshi chiqdi. "Adolat partiyasi" bu tayinlanishda betaraf qoldi[12]. 16-iyul kuni u rasman yangi Bosh prokuror etib tayinlandi va uning vakolati 9 kundan soʻng boshlandi[13]. Prezident Mun unga betaraflikni saqlashni buyurdi va har qanday korrupsiya hukumatga aloqador boʻlsa ham, qattiq tekshirilishi kerakligini tayinladi[14].

Yoon turli mojarolarga aloqador Adliya vaziri Cho Kukga[15] nisbatan tergov ishini olib bordi. Uning jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi qarori muxolifat tomonidan yaxshi kutib olingan, ammo "Demokratik partiya" va uning tarafdorlari tomonidan qoralangan[16][17].

Chu Mi Ae yangi adliya vaziri etib tayinlanganidan soʻng, u Yoonga yaqin boʻlgan bir qancha prokurorlarni sudga berdi[18][19]. Chu oʻz qarorini Yoon oʻz boʻlimini qayta tashkil etish rejasini taqdim etmagani bilan izohladi. Biroq ayni vaziyat Moviy uy tomonidan Yoonning Cho Kukni ta'qib qilgani uchun qasos sifatida koʻrildi[20].

2020-yil aprel oyida “Demokratik partiya” deputatlari yana Yoon ustidan shikoyat qilishdi va uni iste’foga chiqishga chaqirishdi, chunki ham hukmron, ham muxolifatdagi siyosatchilar ishtirokida Saylov qonunchiligining buzilishi, shuningdek, 2018-yilda Ulsan shahri meri saylov natijalarini soxtalashtirishdagi gumonlar yuzasidan tergov ishlari boshlangan edi[21][22][23].

2020-yil 24-noyabr kuni Adliya vaziri Chu Mi Ae Yoonni axloqiy qoidabuzarliklar, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va uning sheriklari va oila aʼzolariga nisbatan tergovga aralashishda ayblab, lavozimidan chetlatdi[24]. Yoon 1-dekabr kuni Seul ma'muriy sudi tomonidan ma'qullangan vazirning faoliyatini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga qarshi koʻrsatma berdi, bu uning lavozimdan chetlashtirilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻydi[25][26]. 16-dekabr kuni Adliya departamenti oltita asosiy intizomiy ayblovdan toʻrttasini qabul qilib, Yoonni ikki oyga lavozimidan chetlatdi. Keyinchalik, bu qaror Prezident Mun tomonidan tasdiqlandi[27]. Biroq, 24-dekabr kuni Seul ma'muriy sudiga topshirilgan qarordan soʻng, sud Yoonning uni toʻxtatib turish jarayoni adolatsiz ekanligi haqidagi da'vosini qabul qildi va uni bekor qildi[28].

2021-yil 4-mart kuni Yoon Seok-Yeol iste'foga chiqishi haqida ariza yoʻlladi, prezident Moon[29] uning iste'fosini qabul qildi.

Siyosiy faoliyat

2022-yilgi prezidentlik kampaniyasi

"Yoon 2022-yilgi saylovlarda Cho Kuk mojarosidan keyin (Yoon oʻrgangan ilmiy yutuqlarni soxtalashtirish ishi) potentsial prezidentlikka nomzod sifatida koʻrib chiqildi va kamida 2020-yil yanvaridan buyon ijtimoiy soʻrovlarda muhim nomzod sifatida koʻrsatib kelindi[30][31]. 2021-yil yanvar oyida oʻtkazilgan, prezidentlikka ehtimoliy barcha nomzodlarni oʻz ichiga olgan soʻrovda Yoon 30,4% ovoz bilan peshqadam boʻldi, bu hukmron "Demokratik partiya"[32] vakillari Li Chje Myon va Li Nak Yonga qaraganda koʻproq ovozni anglatar edi[33].

2021-yil 29-iyun kuni Yoon 2022-yilgi prezidentlik saylovida oʻz nomzodini qoʻyishini rasman e’lon qildi[1]. 12-iyul kuni esa u Milliy saylov komissiyasida mustaqil nomzod sifatida roʻyxatga olindi[34].

30-iyul kuni u "Xalq kuchi" konservativ partiyasi safiga rasman qoʻshildi. Garchi u asosan konservativ qarashlarga ega xalq tomonidan qoʻllab-quvvatlab kelingan boʻlsa-da, ushbu sanagacha Yoon siyosiy jihatdan mustaqil faoliyat yuritib kelgan[35].

2021-yil 5-noyabrda Yoon 2022-yilgi prezidentlik saylovida "Xalq kuchi" partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etishini rasman e’lon qildi[36][37]. Yoon praymerizning soʻnggi haftalarida raqib nomzod Xon Chjon Pyoni qoʻllab-quvvatlovchilar ta'sirini keskin bostirganidan soʻng gʻalabaga erisha oldi. Partiya a'zolari va keng jamoatchilikning toʻrt kunlik ovoz berishi natijasida hal qiluvchi natijalar aniq boʻldi. Yoon Suk Yeol 47,85% ovoz, Xong Jun Pyo 41,50% ovoz, Yu Seung Min 7,47% ovoz va Von Xi Ryong esa 3,17% ovoz oldi[38].

Prezidentlik

2022-yil 10-may mahalliy vaqt bilan soat 11:00da u Koreya Respublikasi prezidenti lavozimiga rasman kirishdi. Shunisi e'tiborga loyiqki, Yoon oʻz prezidentligini yangi saylangan rahbarning tarixan eng past mashhurligi (41%) bilan boshlaydi[39].

Manbalar