Yurisdiksiya

Yurisdiktsiya – sud yoki davlat organlari tizimi nazorati ostidagi qonunlar toʻplamiga ega boʻlgan hudud[1][2][3].

Avstraliya, Germaniya va AQSh federatsiyadagi har bir shtat alohida yurisdiktsiya mavjud. Biroq, baʼzida federal shtatdagi ayrim qonunlar taʼsis shtatlari boʻylab bir xil boʻlib, federal sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Federal davlat shu maqsadda yagona yurisdiktsiyani tashkil qiladi.

Yurisdiktsiya oʻz huquq doirasidan tashqarida sodir etilgan jinoyatchilar o/z yurtiga qaytib kelganidan keyin jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin[4]. Baʼzi hollarda, oʻz yurisdiktsiyasidan tashqarida boʻlgan boshqa davlat fuqarosi jinoyat sodir etsa ekstraditsiya qilinishi mumkin[5][6].

Unitar davlatlar odatda yagona yurisdiksiyalardir. Ammo, Buyuk Britaniya istisno hisoblanadi. Chunki uchta alohida huquqiy tizimga, yaʼni uchta alohida yurisdiktsiyaga ega. Xitoy, Gonkong va Makaoning alohida yurisdiktsiyalari mavjud.

Yana qarang

Qoʻshimcha kitoblar

Manbalar