140°26′48.6″E / 36.341722°N 140.446833°E / 36.341722; 140.446833 G O
Ibaraki(yaponcha: 茨城県Ibaraki-ken?) Yaponiyaning Xonsyu orolida joylashgan Kanto okrugidagi prefektura[1]. Ibarakida 2,871,199 (2019-yil, 1-iyun) kishi istiqomat qiladi va prefektura maydoni 6,097.19 km² ni tashkil. Ibaraki shimolda Fukusima, shimoli-gʻarbda Tochigi, janubi-gʻarbda Saitama, janubda Chiba prefekturalari va sharqda Tich okeani bilan chegaradosh.
Markaz Mito Ibaraki prefekturasining eng yirik shahri. Boshqa yirik shaharlar qatoriga Tsukuba, Hitachi va Hitachinakashaharlari kiradi[2]. Ibaraki prefekturasi Yaponiyaning Tinch okeanining sharqiy qirgʻogʻida, Tokio shimoli-sharqida joylashgan va dunyodagi eng aholi gavjum poytaxti boʻlgan Katta Tokio hududining bir qismidir. Ibaraki prefekturasida Yaponiyadagi ikkinchi eng katta koʻl boʻlgan Kasumigaura koʻli; Yaponiyaning ikkinchi eng uzun va eng katta daryo havzasi Tone; Yaponiyadagi eng mashhur togʻlardan biri boʻlgan Tsukuba togʻi mavjud. Ibaraki prefekturasida, shuningdek, Yaponiyaning uchta buyuk bogʻidan biri boʻlgan Kairaku-en joylashgan va hudud aykido jang sanʼati uchun muhim markaz hisoblanadi.
Ibaraki prefekturasi ilgari Hitachi provinsiyasi deya nomlangan. 1871-yilga kelib prefektura nomi Ibarakiga oʻzgardi va 1875-yil tugatilgan Shimosa provinsiyasiga tegishli baʼzi tumanlarni qoʻshilib, hozirgi holarga keladi.
Yapon paleolitida odamlar hozirgi prefektura hududida taxminan 24000 yil oldin Aira Kalderadan vulqon kul qatlami choʻkishidan oldin va keyin hayot kechira boshlagan deb ishoniladi. Bu qatlamning pastki qismida sayqallangan tosh va kuygan shagʻallardan yasalgan mahalliy asboblar mavjud.
Muromachi davrining boshida, XIV asrda, Kitobatake Chikafusa bir yildan ortiq vaqt davomida Oda qal’asini oʻzining dala shtab-kvartirasiga aylantirgan va qal’ada boʻlganida „Jinno Shōtōki“ (Ilohiy imperatorlarning haqiqiy nasl-nasabi yilnomalari) asarini yozgan.
Edo davrida Tokugava Ieyasudan kelib chiqqan uch xonadon yoki urugʻdan biri (Gosanke zín yān, uchta uy) Mito Tokugava oilasi yoki Mito urugʻi nomi bilan tanilgan Mito domenida joylashgan. Mito domeni Edo davridagi yapon domeni boʻlib, Hitachi provinsiyasi bilan bogʻlangan.
1657-yilda Mitogaku maktabi yaratildi, Mito domenining rahbari Tokugava Mitsukuni Dai Nihonshi toʻplamini tuzishni topshirdi.
Meydzi davrida, Meydzi islohoti paytida, siyosiy xarita oʻzgarib, eski provinsiyalar oʻzgartiriladi yoki birlashtiriladi, hozirgi prefekturalar, xuddi Ibarakidek prefekturalar tashkil etilgan.
Ibaraki prefekturasi Kanto viloyatining shimoli-sharqiy qismi boʻlib, Tochigi prefekturasi va Tinch okeani oʻrtasida choʻzilgan va shimol va janubda Fukusima va Chiba prefekturasi bilan chegaralangan. Shuningdek, janubi-gʻarbda Saitama prefekturasi bilan chegaradosh. Prefekturaning eng shimoliy qismi togʻli, ammo prefekturaning koʻp qismi tekislik boʻlib, koʻplab koʻllar mavjud.
1-aprel, 2012-yil(2012-04-01) holatiga koʻra, prefektura hududining 15 %ini milliy bogʻlar, Suigo-Tsukuba kvazi-milliy bogʻi va yana 9 miliy bogʻ tashkil etadi[3]. Shuningdek, Ibarakida bitta prefektural geopark mavjud. Suigo-Tsukuba kvazi-milliy bogʻi Chiba prefekturasining shimoli-sharqiy hududini ham oʻz ichiga oladi.
Prefekturaning shimoliy uchdan bir qismi togʻli boʻlib, markazida Tsukuba togʻlari (筑波 山地) joylashgan. Prefekturaning asosiy togʻlari: Fukusima va Tochigi prefekturalari bilan chegaradagi Yamizo (1022 m), Takasasa (922 m), Tsukuba ikkitta Nyotai-San (877 m) va Nantai-San (871 m) choʻqqilari bilan, Osho (804 m), Hanazono (798 m) va Kaba (709 m) togʻlari hisoblanadi.
Prefekturadan oqib oʻtadigan asosiy daryolarga Tone, Naka (Ibaraki) va Kudzi daryolari kiradi va hammasi Tinch okeaniga quyiladi. XVII asrga qadar Tonening quyi oqimi hozirgi joylashuvidan farq qilardi va Tone janubga qarab Tokio koʻrfaziga quyilgan, Vatarase va Kinu daryolari kabi irmoqlari esa mustaqil suv tizimlariga ega boʻlgan.
Tone daryosi havzasining asosiy irmoqlari Kinu va Kokai daryolari boʻlib, ular prefekturaning gʻarbiy qismida joylashgan va shimoldan janubga oqib oʻtadi. Sinton va Sakura daryolari esa Nishiura koʻliga quyiladi.
Edo daryosi Tokio koʻrfaziga quyiladi; daryo hozir Tone daryosining irmogʻi hisoblanadi. Oʻtmishda Edo daryosining oqimi boshqacha boʻlgan, uning manbai toʻgʻri koʻrfazga quyilgan. Ammo XVII asrda Tokugava syogunligi tomonidan Edo (hozirgi Tokio) shahrini suv toshqinidan himoya qilish uchun Tone daryosiga burilgan.
Tone, Edo daryolaridan tashqari, Ibaraki prefekturasining Chiba prefekturasi bilan janubiy chegarasining bir qismi va Vatarase, Tone, Gongendo va Naka daryolari (Saitama) Ibarakining Saitama prefekturasi bilan janubi-gʻarbiy chegarasi boʻylab joylashgan. Vatarase daryosi Ibaraki va Tochigi prefekturalari orasidagi janubiy chegaraning kichik chegarasidir.
Qadim zamonlardan to Edo davrining boshlarigacha Tone daryosining quyi oqimi boʻlmagan va Tonening quyilishi esa Tokio koʻrfazida boʻlgan. Qadimgi davrlarda mavjud boʻlgan tekislikdagi Katori dengizi[4] hozirgi Chiba prefekturasidagi Kasumigaura koʻli va boshqa lagunalar oʻsha dengiz qoldiqlaridir. Katori dengizi Kashima-nada (Tinch okeani) bilan bogʻlangan boʻlgan.
Kasumigaura koʻli hozirda: Nishiura, Kitaura, Sotonasakaura koʻllariga boʻlingan. Bundan tashqari, prefekturada Hinuma, Senba va Ushiku kabi chuchuk suvli lagunalar mavjud.
Fukuoka toʻgʻoni — Tsukubamiraidagi Kokai daryosini qamrab olgan toʻgʻon, u Kanto mintaqasidagi uchta eng yirik toʻgʻondan biridir. Hitachiotadagi Ryudzin toʻgʻoni, Ryudzin daryosidagi goʻzal toʻgʻon boʻlib, toʻgʻon koʻli ustida katta piyodalar osma koʻprigi mavjud.
Ibaraki iqtisodiyoti energiya ishlab chiqarish (ayniqsa, atom energiyasi), kimyo va nozik ishlov berish sanoati, ilmiy-tadqiqot institutlari va turizmga asoslangan. Prefekturada qishloq xoʻjaligi, baliqchilik va chorvachilik ham muhim tarmoqlar hisoblanadi[5].
Ibarakining keng tekis yerlar sanoat rivojlanishi uchun juda qulaydir. Bu prefekturaning Tokio metropoliteniga yaqinligini toʻldiradi va unga sanoat bazasi sifatida yuqori mavqe beradi. Shuningdek, prefekturada Yaponiyaning eng keng qamrovli ilmiy shahri Tsukuba joylashgan boʻlib, bu yerda Hitachi, Ltd. tashkil topgan[6].
Keng tekis yerlari, moʻl suvi va qulay iqlimi bilan Ibaraki Yaponiyadagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eng yuqori boʻlgan prefekturalar qatoriga kiradi. U Tokio metropolitenini oziq-ovqat bilan taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Uning asosiy mahsulotlari qovun, nok, qalampir, sholining turli navlari va shakarqamish, shuningdek, gul va manzarali oʻsimliklardan iborat.
Shuningdek, Ibaraki mamlakatning qolgan qismini boshqa oziq-ovqat ekinlari bilan taʼminlaydi. 2011-yil mart oyi holatiga koʻra, prefekturada Yaponiyaning bulgʻor qalampiri va xitoy karamining 25 foizi ishlab chiqarilgan[7]
Mamlakatda baliq yetishtirish eng yuqori boʻlgan prefekturalardan biri; Tinch okeani, Kasumigaura koʻlida, boshqa lagunalar va daryolarda turli xil baliq turlari olinadi.
Tarix. 1833-yilda Tokugava Nariaki (徳川 斉昭) Mito shahrining hozirgi Migava-cho (見川 町) da qora qoramollarni koʻpaytirishni yoʻlga qoʻydi. Dastlab u asosan prefekturaning shimoliy qismida boʻlgan, ammo keyinchalik u butun prefekturaga tarqalgan.
Hitachi hududi. Elektr, elektronika va mashinasozlik kabi sohalar rivojlangan. 1300 dan ortiq kompaniya; ularning koʻpchiligi 1910-yilda Sukegavada (Hitachi Siti) tashkil etilgan Hitachi kompaniyasi tomonidan homiylik qilinadi.
Tokai hududi. Atom energiyasini oʻrganish boʻyicha guruhlash tashkilot. J-PARC, Proton tezlatgich tadqiqot majmuasi.
Tsukuba hududi. 32 ta taʼlim va tadqiqot institutlari. Moddani atomlar darajasida manipulyatsiya qilish (nanotexnologiya) va Kundalik hayotda qoʻllab-quvvatlash uchun robot xavfsizlik markazi. Kosmik markaz.
Kasima hududi. Poʻlat va neft-kimyo kabi materiallar sanoatini guruhlari, 160 ga yaqin kompaniya.
Ibaraki Mitoda natto yoki fermentlangan soya fasulyesi, Kyovadagi tarvuz (yaqinda Chikuseiga birlashtirilgan) va Nishiibaraki mintaqasida kashtan bilan mashhur[11].
Ibaraki Osensei nomi bilan ham tanilgan Morihei Uesiba tomonidan asos solingan Aykido jang sanʼati bilan mashhur. Ueshiba umrining soʻnggi qismini hozir Kasamaning bir qismi boʻlgan Ivama shahrida oʻtkazdi va u yaratgan Ayki ziyoratgohi va dojo haligacha saqlanib qolgan[12].
Kasama Sinto (Kasama Inari maqbarasi), Ibaraki kulolchilik sanʼati muzeyi, xattot va kulolchi Kitaodzi Rosandzinning uy muzeyi, Kasama Nichido sanʼat muzeyi, Morihei Uesiba qarorgohi, Aykido jang sanʼati asoschisi bilan mashhur[13].
Markaziy shahar Mitoda Yaponiyaning uchta eng mashhur bogʻlaridan biri boʻlgan Kayrakuen joylashgan va 100 dan ortiq navdagi 3000 dan ortiq yapon oʻrigi daraxtlari bilan mashhur.
Kasima ziyoratgohi (Jingu) Ibarakining madaniy merosi hisoblanadi.
Mito Toso-gu — Mito shahridagi Tokugava Ieyasu yodgorlik ziyoratgohi.
Seizanso Tokugava Mitsukunining pensiya villasi edi.
Mito shahar botanika bogʻi — Mito shahridagi botanika bogʻi.
Koʻpgina shaharlarda qal’a xarobalari mavjud: Mito, Yuki, Kasama, Tsuchiura, Oda qal’alari shular jumlasidandir.
Hitachi Furyumono, qoʻgʻirchoq suzuvchi teatr festivali, Butunjahon nomoddiy madaniy merosi.
Makabe Hina qoʻgʻirchoq festivali — Hinamatsuri — (Sakuragava shahri).
Yuki-tsumugi (ipak toʻqish texnikasi) Butunjahon nomoddiy madaniy merosi, Kasama buyumlari, Makabe tosh chiroqlari, Kagami kristalli shisha zavodi, Ryugasaki shahridagi eski shisha zavodi.
Prefektura koʻpincha Ibaraki-ben deb nomlanuvchi mintaqaviy lahjada soʻzlashuvchilar tomonidan "Ibara gi " deb talaffuz qilinadi. Biroq, standart talaffuz "Ibara ki ". "Ibara gi emas, Ibara ki "[14] talaffuzi muallifining fikricha, bu, katta ehtimol bilan, Ibaraki shevasida „k“ tovushining yumshashining notoʻgʻri qiyshashi bilan bogʻliq.