Akbar Jaloliddin Muhammad

Akbar Jaloliddin Muhammad (1542.14.10, Amarkot −1605, Agra yaqinidagi Sikandra qishlogʻi), „Akbar-shoh“ — Boburiylar sulolasidan hukmdor (1556 — 1605). Hindistondagi boburiylar saltanati hukmdori (1556-yildan).

Akbar Jaloliddin Muhammad
Podshoh
Gʻozi
3-Boburiy imperator
Saltanat 11 February 1556 — 27 October 1605[1]
Coronation 14 February 1556
Oʻtmishdoshi Humoyun
Davomchisi Jahongir
Regent Bayramxon (1556-1560)[2]
Tugʻilishi Jalal-ud-din Muhammad Akbar
15 October 1542
Amarkot, Rajputana (present-day Umerkot, Sind, Pokiston)
Vafoti 27-oktyabr 1605-yil(1605-10-27)
(63 yoshda)
Fatehpur Sikri, Agra, Mughal Empire (present-day Uttar Pradesh, India)
Dafn etilgan joy November 1605
Akbar’s Tomb, Sikandra, Agra
Turmush oʻrtogʻi
  • Ruqaiya Sultan Begum (turm. 1556)
    [3]
  • Salima Sultan Begum (turm. 1561)
  • Mariam-uz-Zamani (turm. 1562)
    [4][5][6]
Turmush oʻrtogʻi
  • Raj Kunwari (turm. 1570)
  • Nathi Bai (turm. 1570)
  • Bhakkari Begum (turm. 1572)
  • Qasima Banu Begum (turm. 1575)
  • Gauhar-un-Nissa Begum
  • Bibi Daulat Shad
  • Rukmavati
  • several others
Farzandlari
Batafsil
  • Hassan Mirza
  • Hussain Mirza
  • Jahangir
  • Shahzada Khanam
  • Murad Mirza
  • Shakr-un-Nissa Begum
  • Daniyal Mirza
  • Aram Banu Begum
Toʻliq nomi
Abu’l-Fath Jalal-ud-din Muhammad Akbar[7]
Vafotidan keyingi ismi
Arsh-Ashyani (Andoza:Lit)
Uy House of Babur
Sulola Timurid dynasty
Otasi Humayun
Onasi Hamida Banu Begum
Dini Sunni Islam[8][9]
Din-e-Illahi
Akbar-shoh

Boburning nabirasi, Humoyunning oʻgʻli, 13 yoshida taxtga oʻtirgan (1556-yil 15-fevral). Dastlab vaziri turkman Bayramxon otaliq yorda-mida taxtni boshqargan, soʻngra balogʻat yoshiga yetgach, mamlakatni qattiqqoʻllik bilan idora eta boshlagan. Saltanatini kengaytirish uchun muttasil kurashgan. Akbarshoh davrida Boburiylar saltanati shimolda Balxdan tortib janubda Godovari daryosigacha (Kashmir va Afgʻoniston hududlari bilan), gʻarbda Arabiston dengizidan sharqda Bengaliya qoʻltigʻigacha boʻlgan ulkan hududni qamrab olgan. Markazlashgan saltanat tuzish maqsadida 1574-yildan ichki islohotlar oʻtkazishga kirishadi: qoʻshin ustida nazoratni kuchaytiradi va uni qayta tashkil etib, yangidan qurollantiradi, mamlakatni yangi maʼmuriy tumanlarga boʻladi. Nikoh rish-talari orqali Rajput knyazliklari bilan aloqalarni mustahkamlagan. Rajputlar otliq qoʻshini Akbar qoʻshinining asosini tashkil qilgan. Yirik yer egalari — jogirdorlarning oʻzboshimchaligiga qarshi bir qancha chora-tadbirlarni oʻtkazgan, 1574-yil dehqonlar, sarkardalarga yer inʼom etish oʻrniga xazinadan ularga maosh toʻlashni, mamlakatdagi yerlardan soliq toʻplashni oʻz xizmatchilari zimmasiga yuklagan. Akbar aholi orasida diniy jihatdan oʻzaro birdamlikka erishish maqsadida hindlarni yuqori mansablarga tayinlay boshlagan va yangi din — „dini ilohiy“ joriy etgan. Bu din oʻzida is-lom, hinduizm, parsizm va jaynizm dinlarining qorishmasidan iborat boʻlgan. Akbar dunyoviy va diniy hokimiyatni oʻzida mujassamlashtirgan. Bu dinga eʼtiqod qilganlar Akbarning marhamatiga sazovor boʻlganlar. Keyinchalik Akbar vafotidan soʻng bu yangi din kichik bir mazhabga aylanib qolgan. Akbar dehqonchilik va savdoga katta eʼtibor bergan, Yevropa mamlakatlari bilan ham savdo-sotiq olib borgan. Akbar ilm-fan, sanʼatga ham homiylik qilgan. Akbarning vaziri va doʻsti Abulfazl Allomiy Akbar saltanati tarixiga oid „Akbar-noma“ asarini yozib qoddirgan. Akbar buyuk davlat arbobi, quvvai hofizasi kuchli, jasur, iqtidorli sarkarda boʻlgan.

Yana qarang

Manbalar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Qodirov P., Humoyun va Akbar, T., 1994.

Havolalar

Akbar Jaloliddin Muhammad
Timurid dynasty
Tavalludi: 14 October 1542 Vafoti: 27 October 1605
Humkdorlik unvoni
Oldingisi
Humayun
Mughal Emperor
1556–1605
Keyingisi
Jahangir