Alejandro Garnacho

Alejandro Garnacho Ferreyra (2004-yil, 1-iyulda tugʻilgan) — professional futbolchi, Premer-liganing Manchester United klubida vinger sifatida oʻynaydi. Ispaniyada tugʻilgan, Argentina yoshlar terma jamoasi.

Alejandro Garnacho
Garnacho Manchester United safida 2022-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiAlejandro Garnacho Ferreyra[1]
Tavallud sanasi1-iyul 2004-yil (2004-07-01) (19 yosh)
Tavallud joyiMadrid, Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi1.80 m
AmpluasiVinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester United
Raqami49
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2020Atlético Madrid
2020-2022Manchester United
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2022-Manchester United3(0)
Milliy terma jamoa
2021Spain U183(0)
2022-Argentina U205(4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(7-avgust uchun)

Garnacho 2020-yil oktyabr oyida Atletico Madriddan Manchester Unitedning yoshlar tizimiga qo‘shilgan edi. U 2022-yil may oyida Angliya yoshlar kubogi va Jimmy Merphy nomidagi yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritdi. Bir oy oldin u 17 yoshida Chelseaga qarshi Premer-liga oʻyinida asosiy jamoada debyut qilgan edi.

Garnacho 2022-yilda Argentina terma jamoasida 20 yoshgacha boʻlganlar safida debyut qilishdan oldin Ispaniyani 18 yoshgacha boʻlganlar darajasida himoya qilgan. U Argentina terma jamoasiga chaqirilgan, ammo maydonga tushmagan.

Jamoalardagi faoliyati

Manchester United

2020-yil oktyabr oyida Garnacho Atletico Madriddan Manchester United akademiyasiga kelib qo‘shildi.[2] United Atleticoga 420 ming funt toʻlagan.[3]

U Everton ustidan gʻalaba qozongan Angliya Kubogidagi yakka harakat goli uchun diqqat markazida boʻldi. Uning goli Manchester Unitedning 2022-yil fevral oyidagi eng yaxshi goli nominatsiyasiga daʼvogar edi[4] Norwich City, Liverpool va Arsenalga qarshi Premer-liga oʻyinlarida foydalanilmagan oʻrinbosar sifatida atalgan Garnacho Unitedda 2022-yil, 28-aprelda Chelseaga qarshi 1:1 hisobidagi durangning 91-daqiqasida Anthony Elanga oʻrniga asosiy jamoada debyut qildi.[5] Garnacho 2022-yil may oyida Jimmy Merphy yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.[6] U 2022-yilning 11-mayida Nottingham Forestga qarshi Angliya kubogi finalida ikkita gol urdi va Unitedga 2011-yildan beri ilk bor musobaqada g‘alaba qozonishiga yordam berdi.[7]

Premer-liganing 2022-23-yilgi mavsumi boshlanishi uchun Garnacho futbolka raqamini 75 dan 49 ga almashtirdi.[8]

Xalqaro martaba

Garnacho tugʻilgan mamlakati Ispaniya va Argentina terma jamoasida oʻynash huquqiga ega, chunki uning onasi argentinalik.[9] U 2021-yilda Ispaniyaning 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida uchta oʻyinda maydonga tushgan.[10]

2022-yil, 7-martda Garnacho Argentina terma jamoasiga oʻsha oydagi ikkita Jahon chempionati saralash bosqichi uchun 44 kishilik boshlangʻich tarkibning bir qismi sifatida chaqirildi.[11] U oʻyin uchun 33 kishilik soʻnggi tarkibga kirdi,[12][13] lekin ikkala oʻyinda ham maydonga tushmadi.

Garnacho 2022-yil, 26-mart kuni AQSHga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgan Argentinaning 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari tarkibida debyut qilgan.[14] U 20 yoshgacha boʻlganlar jamoasi safida 2022-yilgi Maurice Revello turnirida toʻrtta oʻyinda toʻrtta gol urdi.[15][16]

Karyera statistikasi

2022-yil, 7-avgust holatiga ko'ra[17]
KlubMavsumLigaAngliya kubogiEFL kubogiYevropaBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Manchester United U212021-221010
Manchester United2021-22Premer-liga2000000020
2022-23Premer-liga1000000010
Jami3000000030
Karyera jami300000001040

Faxrlar

Manchester United U18

  • FA yoshlar kubogi: 2021-22[18]

Individual

  • Jimmy Merphy yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2021-22[19]

Manbalar