Amazon Aleksa

Amazon Aleksa yoki Aleksa[2] 2013-yilda Amazon tomonidan sotib olingan, Ivona nomli nutq aniqlash texnologiyasidan keng foydalanadigan virtual yordamchi.[3][4] Birinchi marta Amazon Echo aqlli dinamikida va Amazon Lab126 tomonidan ishlab chiqilgan Echo Dot, Echo Studio va Amazon Tap dinamiklarida ishlatildi. Aleksa ovozli aloqa, musiqa tinglash, ishlar roʻyxatini yaratish, podkastlarni uzatish, audiokitoblarni ijro etish, ob-havo, tirbandlik, sport, real vaqtda boshqa maʼlumotlar va yangiliklarni taqdim etish kabi vazifalar uchun muvofiqlashtirilgan.[5] Shuningdek, Aleksa uyni avtomatlashtirish tizimi sifati bir nechta aqlli qurilmalarni boshqarishi mumkin. Aleksaning imkoniyatlarini kengaytirish uchun uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqilgan qoʻshimcha dasturlarni oʻrnatish kerak boʻladi.

Amazon Aleksa
Ishlab chiqaruvchiAmazon
Chiqish sanasi6-, 2014-yil (9 yil avval) (2014-November-06)
Operatsion sistemaFire OS 5.0 yoki yuqoriroq, iOS 11.0 yoki yuqoriroq[1]
Android 4.4 yoki yuqoriroq
PlatformaFire OS, iOS, Android, Linux, Windows, Wear OS
Til(lar)Inglizcha, Fransuzcha, Nemischa, Yaponcha, Italiancha, Ispancha, Portugalcha, Hindcha, Arabcha
JanrVirtual yordamchi, bulutli tizimga asoslangan ovozli yordamchi
Vebsayt:developer.amazon.com/alexa

Manbalar