Armiya generali
Oliy harbiy unvon
Armiya generali — bir qator davlatlarda amaldagi eng oliy harbiy unvon. Generallar tarkibiga kiradi. Baʼzi davlatlarda marshal yoki feldmarshal harbiy unvonidan quyiroq turadi.MDH davlatlari orasidan Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston davlatlarida ushbu unvon mavjud. Oʻzbekiston, Gurjiston, Armaniston, Ozarbayjon davlatlarida ham ushbu unvon mavjud, biroq hali hech kimga topshirilmagan. Adliya xizmatidagi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi unvoniga teng.
Qozogʻiston
- Sagʻadat Nurmahambetov — Mudofaa vaziri (1992—1995)
- Muxtar Altinbayev — Mudofaa vaziri (1996—1999, 2001—2007)[1]
Qirgʻiziston
- Esengul Topoev — Mudofaa vaziri (1999—2005)[2]
Tojikiston
- Emomali Rahmon — Tojikiston Prezidenti
Turkmaniston
- Saparmurot Niyazov — Turkmaniston Prezidenti (1990—2006)
- Danatar Kopekov — Mudofaa vaziri (1992—1998)
- Qurbonmuhammad Qosimov — Ichki ishlar vaziri (1993—1998), Mudofaa vaziri (1998—1999)
- Agageldi Mammetgeldiyev — Mudofaa vaziri (2003-2009)
- Gurbanguli Berdimuhamedov — Turkmaniston Prezidenti[3]
Oʻzbekiston
2002-yilgacha Oʻzbekistonda Marshal unvoni eng oliy harbiy unvon hisoblangan[4]. Yangi qonunga koʻra, Marshal unvoni bekor qilindi va Armiya generali eng oliy harbiy unvon hisoblandi[5]. Hozirgacha hech kimga topshirilmagan.
Manbalar
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari