Asalari yelimi

Asalari yelimi yoki propolis — yumshoq, yopishqoq, xushboʻy, nordon, sargʻish-yashil yoki jigarrang modda; smola, mum, efir moyi va gul changidan tashkil topgan.[1][2] Tarkibida vitaminlar, aromatik kislotalar, flavonoidlar, kumarinlar, polisaharidlar va boshqa moddalar bor. Asalari yelimi mikroblarni oʻldirish xususiyatiga ega boʻlgani uchun teri kasalliklarida surtiladigan malhamlarga qoʻshiladi.[3]

Manbalar

Havolalar