Benito Mussolini
Benito Mussolini (1883.29.7, Forli - 1945.28.4, Dongo yaqini) — Italiyaning fashist diktatori (1922—43). Siyosiy yoʻlini Sotsialistik partiya safida boshlagan, bu partiyadan 1914-yil oʻchirilgan. 1919-yil fashistlar partiyasiga ( Fashi di kombattimento)asos soldi va uning rahbari (duche) boʻldi. "Rimga yurish"ni uyushtirib, hokimiyatni qoʻlga oldi (1922). M. hukumati mamlakatda terrorchi rejimni joriy qildi, bosqinchilikdan iborat tashqi siyosat olib bordi (1935-yil Habashistonni, 1939-yil Albaniyani va boshqalarni bosib oldi), Germaniya bilan birgalikda 2ja-hon urushini ochdi. 1945-yil Italiya partizanlari tomonidan qoʻlga olindi va qatl etildi.[1]
Manbalar
Havolalar
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari