Boshqird tili


Boshqird tili (boshqirdcha: башҡорт теле, башҡортса)— boshqird xalqining tili. Turkiy tillar gʻarbiy tarmogʻining qipchoq guruhiga kiradi. Boshqird tili da 1 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi (1992). Uchta dialekt mavjud. Boshqird tili turkiy tillardan tatar tiliga yaqin turadi, faqat talaffuz jihatdan va qisman grammatik tomondan farqlanadi. Boshqird tilining fonetik oʻziga xos jihatlari quyidagicha: 1) umumturkiy ye, o va v tovushlar i, u, ch tarzida talaffuz etiladi; 2) lablashgan a mavjud (tatar tilida ham shunday); 3) umumturkiy s, z tovushlari qattiqroq — 9 va z talaffuz etiladi; 4) h tovushi mavjud, bu suz boshida umumturkiy s ga toʻgʻri keladi (mas, tatarcha soʻylamhoʻylam); 5) Boshqird tili dagi s umumturkiy ch ga moye keladi; 6) toʻla shakllanmagan unlilar — i, yo, ye, v (i, ye, o, v) mavjud. Yozuvi arab (1929-yilgacha), lotin (1929— 39) va kirillitsa (1940-yildan) alifbolari asosida.[2]

Boshqird tili
Milliy nomi Башҡорт теле
Mamlakatlar Qozogʻiston Qozogʻiston
Rossiya Rossiya
Rasmiylik holati  Boshqiriston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 1 223 744 (2010-yilgi)[1]
Turkumlanishi
Til oilasi Oltoy
Alifbosi kirill
Til kodlari
ISO 639-1 ba
ISO 639-2 bak
ISO 639-3 bak

Boshqird tili ( [bɑʃqɵrt tɨlɨ]) — Boshqirdistonda rasmiy til maqomiga ega. Turkiy tillarining qipchoq guruhiga kiradi. Boshqird tilida 1 379 000 kishi gapiradi (2002).

Til
birlikkoʻplik
BoshqirdchaOʻzbekchaBoshqirdchaOʻzbekcha
МинMenБеҙBiz
ҺинSеnҺеҙSenlar
УлUУлaрUlar

Boshqird alifbosi

А аБ бВ вГ гҒ ғД дҘ ҙЕ е
Ё ёЖ жЗ зИ иЙ йК кҠ ҡЛ л
М мН нҢ ңО оӨ өП пР рС с
Ҫ ҫТ тУ уҮ үФ фХ хҺ һЦ ц
Ч чШ шЩ щЪ ъЫ ыЬ ьЭ эӘ ә
Ю юЯ я

Manbalar