Brittany Murphy

Brittani Anne Merfi-Monjak (1977-yil 10-noyabr-2009-yil 20-dekabr) amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi boʻlgan[1]. Atlantada tugʻilgan Merfi oʻsmirlik chogʻida Los-Anjelesga koʻchib oʻtgan va aktyorlik faoliyatini davom ettirgan. Uning eng katta shuhrat olib kelgan roli „Clueless (1995) filmidagi Tai Freyzer roli hisoblanadi. Ushbu filmdan soʻng „Freeway“ (1996) va „Bongwater“ (1998) kabi mustaqil filmlarda yordamchi rollarni ijro etgan. U 1997-yilda Artur Millerning „A View from the Bridge“ filmidagi Brodvey spektaklida debyut qilgan. Bu rolidan oldin „Girl Interrupted“ (1999) filmida Daisy Randone va „Drop Dead Gorgeous“ (1999) filmida Liza Svenson rollarini muvaffaqqiyatli rol ijro etdi.

Brittany Murphy

2009-yil 20-dekabrda Merfi 32 yoshida bahsli vaziyatlarda dunyodan koʻz yumdi. Koronerning hukmi zotiljam boʻlib, kamqonlik va turli retsept boʻyicha dori-darmonlarni suiisteʼmol qilish natijasida kasallik avj olib ketgani taʼkidlangan.

Yoshlik yillari

Brittani Anne Bertolotti Jorjiya shtatining Atlanta shahrida Sharon Ketlin Merfi va Anjelo Jozef Bertolotti oilasida dunyoga kelgan[2]. U ikki yoshida ota-onasi ajrashishdi. Merfi Nyu-Jersi shtatining Edison shahrida onasi qaramogʻida voyaga yetdi. Britanining oʻlim haqidagi birinchi guvohnomasida Bertolotti otasi sifatida koʻrsatilmadi. Edison oʻrta maktabiga oʻqishga kirishidan avval, Merfi aktyorlik karerasini davom ettirishi uchun oilasi 1991-yilda Los-Anjelesga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi[3][4][5].

Merfi 2006-yilda Avstraliyadagi „Happy Feet“ premyerasida

Faoliyati

Aktyorlik karyerasi

Merfi 1982-yilda Nyu-Jersi shtatining Koloniya shahridagi „Verne Fauler“ raqs va teatr sanʼati maktabida tahsil oldi. Toʻrt yoshidan boshlab 13 yoshida Kaliforniyaga koʻchib oʻtgunga qadar qoʻshiq aytish, raqsga tushish hamda aktyorlik bilan shugʻullandi[6]. Merfi oʻzining Brodveydagi debyutini 1997-yilda Ketrin rolida Artur Millerning „AView from the Bridge“ filmining jonlantirilishida faxriy aktyorlar Entoni LaPaglia hamda Ellison Janniga qarshi oʻtkazgan[7].

U 2000-yillarni Maykl Duglas bilan birga „Donʼt Say a Word“ (2001) filmida bosh rol bilan boshlagan.

Musiqasi

Merfi 2003-yil 19-iyun kuni „USS Nimitz“ bortida USO shousida ekipaj uchun chiqish qilmoqda

Merfi karerasiga qoʻshiqchi sifatida ham kiragan. U: „Mening qoʻshiqchi ovozim gapirayotgan ovozimga oʻxshamaydi. Men buni doim sir tutganman va hech qachon oʻz sharafini olmayman, chunki ovoz yozish studiyasida mikrofon ortida ishlashni oʻrganmoqchi boʻldim va baʼzi qoʻshiqchilar oʻz albomlarida yozayotganimni bilishmaydi ham“- deb oʻzining intervyusida taʼkidlab oʻtdi[8].

U 1990-yillarning boshlarida aktyor Erik Balfour bilan „Blessed Soul“ nomli guruhda faoliyat olib bordi. 2006-yil 6-iyunda Merfi va Pol Oakenfold „A Lively Mind“ albomidan „Faster Kill Pussycat singlini chiqardilar. Qoʻshiq klub hitiga aylanish bilan birga „Billboardʼs Hot Dance Club Play“ chartida birinchi oʻrinni egallagan[9]. U 2006-yil iyun oyida Buyuk Britaniyada ettinchi raqamni ham egallagan[10].

Shaxsiy hayoti

2002-yil oxirida Merfi „Just Merried“ filmidagi hamkasbi Eshton Kutcher bilan uchrashishni boshlagan. Ilgari isteʼdod menejeri Jeff Kvatinets bilan unashtirilgan Merfi 2005-yil dekabr oyida „Little Black Book“ filmida ishlayotgan paytda tanishgan prodyuser yordamchisi Jo Makaluso bilan unashtirilgan edi[11]. 2006-yil avgust oyida ular oʻzlarining munosabatlarini tugatganlarini maʼlum qildilar[11]. 2007-yil may oyida Merfi Los-Anjelesdagi yahudiylarning shaxsiy marosimida britaniyalik ssenariy muallifi Saymon Monjak bilan turmush qurdi[12].

2000-yillarning boshlarida Merfi katta miqdorda vazn yoʻqotdi[13][14]. Ushbu voqea kokainga qaramlik haqidagi mish-mishlarga sabab boʻlgan[13][15]. 2005-yilda Merfi „Jeyn“ jurnaliga bunday daʼvolarga qarshi chiqib: „Yoʻq, men buni umrim davomida sinab koʻrmaganman“-deya taʼkidladi va bu mish-mishlar yolgʻon ekanligini aytib oʻtdi[13][15].

Gollivud tepaliklarida oʻrmon maysazoridagi Brittani Merfi qabri

Oʻlimi

2009-yil 20-dekabr kuni soat 8:00da Los-Anjeles oʻt oʻchirish boshqarmasi Los-Anjelesdagi Merfi va Monjakning uyida „tibbiy soʻrov“ga javob berdi. Aftidan, u hammomda yiqilib tushgandi[16]. O‘t o‘chiruvchilar Merfini voqea joyida jonlantirishga harakat qildilar. U Sidars-Sinay tibbiyot markaziga etkazilgan hamda u yerda soat 10:04 da halok boʻlgan[16][17][18].

2009-yil 24-dekabrda Merfi Hollywood tepaligidagi „Forest Lawn Memorial“ parkiga dafn qilingan[19].

Jamgʻarmalari

2010-yil yanvar oyida Merfining onasi Sharon va uning bevasi Saymon Monjak bolalar badiiy taʼlimi uchun xayriya jamgʻarmasi, shuningdek, USO va saraton tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlovchi Brittani Merfi jamgʻarmasini tuzdilar[20][21].

Jamgʻarma 2010-yil 4-fevralda Beverli -Xillzdagi „Saban“ teatrida oʻtkazilgan mablagʻ yigʻish tadbirida ishga tushirilgan[22].

2013-yil 10-noyabrda Brittani Merfi fondi uning otasi Anjelo Bertolotti tomonidan rasman qayta ishga tushiriladi[23].

Mukofotlari va nominatsiyalari

„Circuit Community Awards“ mukofotlari
YilTurkumNatija
1995-yil„Best supporting Actress in a supporting rolNomzod qilib koʻrsatilgan

Manbalar