Bushmenlar

Bushmenlar (gollandcha bosjesman, aynan — oʻrmon odami) — xalq, Janubiy va Sharqiy Afrikaning tub aholisi. 16—19-asrlarda bantu xalqlari B.ni Namibiyaning choʻl rayonlariga siqib chiqarganlar. Namibiya (85 ming, 1992), Botsvana (35 ming), Angola (8 ming) va Zimbabve (1 ming)da yashaydilar. Bushmen irqiga mansub. Bushmen tillariaya gaplashadilar. Anʼanaviy ibtidoiy diniy eʼtiqodlar saqlangan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil