Butunjahon oʻrgimchak toʻri

Butunjahon oʻrgimchak toʻri (inglizcha: World Wide Web; qisqartmasi: WWW) butun Internet boʻylab hujjatlar va boshqa veb-resurslarni kirishga imkon beradigan axborot tizimidir.[1]

World Wide Web logosi (Robert Cailliau).

Butunjahon oʻrgimchak toʻri jahondagi hukmron (asosiy) dasturiy platformaga aylandi.[2][3][4][5] U milliardlab odamlar uchun Internetga kirishda foydalaniladigan asosiy vosita hisoblanadi.[6]

WWW avvalboshda hujjatlarni boshqarish tizimi boʻlishi reja qilingan.[7] 1989-yilda Tim Berners-Lee CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Tashkiloti) da WWW serverining ilk prototipini ishlab chiqdi. 1991-yilda esa ommaga havola etildi.

Manbalar