Byorns Robert
Byorns Robert (1759.25.1, Er shahri1796.21.7, Damfris)—shotland shoiri. Oʻziga xos sheʼriyat yaratgan, bunda mehnatni, xalqni, erkinlikni, begʻaraz, fidoyi sevgi va doʻstlikni ulugʻlagan. "Shotlandlar uchun bryus" vatanparvarlik madhiyasi, "Quvnoq gadolar" kantatasi, fuqarolik va sevgi tarannum etilgan lirik sheʼrlar toʻplami ("Ozodlik daraxti", "Jon Arpa doni" va boshqalar) muallifi. B. oʻz ijodi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan shotland nasriy va musiqiy folklor namunalarini toʻplab nashr ettirgan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Ac: Qoʻshiq va balladalar, T., 1971.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari