C (dasturlash tili)

dasturlash tili

C (talaffuzi: si)[4] — kompilyatsiyalanuvchi statik dasturlash tili boʻlib, 1969—1973-yillarda Bell laboratoriyasi xodimi Dennis Ritchie tomonidan yaratilgan[5]. Ushbu dasturlash tili B tilining takomillashgan koʻrinishi sifatida yaratilgan. Dastlab UNIX operatsion tizimini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan, keyinchalik esa boshqa koʻplab platformalar bilan ishlashga ham moslashtirilgan. Dizayni hamda strukturasiga koʻra, ushbu til quyi darajadagi dasturlash tillariga yaqin. Baʼzi xususiyatlari bilan assembler tiliga ham oʻxshab ketadi. C dasturlash tili dasturiy taʼminot industriyasining rivojlanishiga juda katta taʼsir oʻtkazgan. Uning sintaksisi esa C++, C#, Java, Objective-C va boshqa koʻplab dasturlash tillari uchun asos boʻlib xizmat qildi.

C
Muallifi Dennis Ritchie
Tuzilgan yili 1972 (52 yil avval) (1972)[1]
Operatsion tizim Kross-platformali
Fayl kengaytmalari .c, .h
Vebsayt iso.org/standard/74528.html
open-std.org/jtc1/sc22/wg14/
Dialektlari
Cyclone, Unified Parallel C, Split-C, Cilk, C*
Bunga asos boʻlgan tillar
B (BCPL, CPL), ALGOL 68,[2] PL/I, FORTRAN
Buning asosida tuzilgan tillar
AMPL, AWK, csh, C++, C--, C#, Objective-C, D, Go, Java, JavaScript, JS++, Julia, Limbo, LPC, Perl, PHP, Pike, Processing, Python, Rust, Seed7, ValaVala, Verilog (HDL),[3] Nim, Zig

Kalit soʻzlari

Kalit soʻzla — kompilyatsiya vaqtida u yoki bu vazifani bajarish yoki kompilyatorga koʻrsatmalar berishga xizmat qiladigan identifikator soʻzlar.

C dasturlash tilining kalit soʻzlari
Kalit soʻzlarVazifasiStandart
sizeofObyekt oʻlchami haqidagi maʼlumotni olishC89
typedefOʻzgaruvchi turiga alternativ nom berish
auto, registerKompilyatorga oʻzgaruvchilarning xotirada joylashgan oʻrnini koʻrsatish
externKompilyatorga obyektni tashqi fayldan izlash kerakligini koʻrsatish
staticStatik obyektni eʼlon qilish
voidQiymatga ega boʻlmagan kattalik; koʻrsatkichlarda ixtiyoriy maʼlumotlarni bildiradi
char, short,int, longButun sonli oʻzgaruvchilar va ularning oʻlchamlari
signed, unsignedButun sonli oʻzgaruvchilar modifikatorlari, ularning oldidagi ishorasi mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi
float, doubleHaqiqiy sonli oʻzgaruvchilar
constOʻzgarmas miqdorlar, kompilyatsiya vaqtida ularning dastlabki berilgan qiymati oʻzgarmaydi
volatileUshbu tipdagi oʻzgaruvchining qiymati kompilyatsiya vaqtida oʻzgarishi mumkin
enumButun sonli oʻzgaruvchilar toʻplamidan olingan bitta qiymat
do, for, whileSikl operatorlari
if, elseShartli operator
switch, case, defaultTanlash operatori
break, continueSiklni toʻxtatish operatorlari
gotoShartsiz oʻtish operatori
returnFunksiyadan qiymat qaytarish
inlineFunksiyani eʼlon qilishC99
restrictXotira blokiga murojaat qilishni bildiraadi. Ushbu murojaat unikal xarakterga ega
_BoolMantiqiy turdagi qiymatlar
_ComplexKompleks sonlar ustida hisoblashlar bajarish uchun foydalaniladi
_AtomicTipni atomar koʻrinishga oʻtkazuvchi modifikatorC11

Manbalar

Oʻqish uchun