Go

Go, Weiqi yoki Weichi (xit. an’anaviy 圍棋, soddalashtrilgan 围棋, pinyin: wéiqí) taxta ustida oʻynaladigan mantiqiy va strategik oʻyindir. Ushbu oʻyin ikki kishi oʻrtasida oʻynalib, oʻyinchidan maydonning koʻp qismini egallash bilan raqibni magʻlub etish talab etiladi. Oʻyin 2 500 yil muqaddam Xitoyda oʻylab topilgan boʻlib, hozirga qadar doimiy ravishda oʻynaladigan eng qadimgi stol oʻyini hisoblanadi.[1][2] 2016-yilda Xalqaro Go Federatsiyasiga aʼzo 75 mamlakat oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra, umumjahon boʻylab Go oʻyinini oʻynashni biladigan 46 milliondan oshiq odam hamda 20 milliondan oshiq hozirgi oʻyinchilar bor boʻlib, ularning katta qismi Sharqiy Osiyoda istiqomat qilishadi.[3]

Go
圍棋

Go qora chiziqlar to'rida o'ynaladi (odatda 19×19). Toshlar deb ataladigan o'yin donachalari chiziqlarning kesishgan joylarida o'ynaladi.
Boshqa nom(lar)i
Igo
Paduk / Baduk

Manbalar

Oʻqish uchun

Havolalar