Eduardo Saverin

Eduardo Saverin — (inglizcha: Eduardo Saverin; 1982-yil 5-martda Braziliyadagi San-Paulu shaharchasida tugʻilgan). U Facebook ijtimoiy tarmogʻining asoschilaridan biridir. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra u 2011-yil 4-yanvar hisobi boʻyicha kompaniyaning aksiyalaridan 4 % ulushga ega. Hozirgi vaqtda Singapur shahrida istiqomat qilmoqda, fuqaroligi esa Braziliyada[1][2][3].

Eduardo Saverin
Eduardo Saverin
Tavalludi 19-mart 1982-yil (1982-03-19) (42 yosh)
Fuqaroligi Braziliya bayrogʻi Braziliya

Biografiyasi

Eduardo Saverin San-Pauluda (Braziliya) yahudiylar oilasida tugʻilib[4][5], Mayyamida (Florida) ulgʻaydi. Oʻrta taʼlimni Mayyamidagi Gulliver maktabida oldi va Garvard universitetida oʻqishini davom ettirdi. U 2006-yili unversitetni Iqtisod yoʻnalishi boʻyicha bitirdi[6][7].

Eduardo Mark Zuckerberg bilan birinchi bosqich talabasi boʻlgan paytda tanishdi. Ikkinchi bosqichda ular oʻzlarining ilk namunalarini yani — The Facebookni yaratdilar[8].2004-yili Eduardo Nyu-Yorkga amaliyot oʻtashga ketadi. Mark esa oʻzining ishlari bilan qoladi. Bu orada Zuckerberg Sean Parker va Peter Thiel bilan tanishadi, ular Facebookka oʻz investiyalarini kiritishadi.

2013-yilning 10-martida Eduardo Saverin Forbes jurnalining "Eng yosh milliarderlar oʻntaligi" roʻyxatiga kiritiladi. Roʻyxatda u 2.2 milliard dollar sarmoya bilan 5-oʻrinni egallaydi[8].

Hayoti tasvirlarda

2010-yilda yaratilgan «Ijtimoiy tarmoq» filmida Saverinning Mark Zuckerberg bilan aloqalaridan tortib, to Saverin va Tsukerberg raqobatigacha tasvirlangan. Saverin rolini aktyor Andrew Harfield ijro etgan.

Manbalar

Havolalar