Endrick

Endrick Felipe Moreira de Sousa (talaffuzi: Endrick Felipe Moreyra de Souza) yoki oddiygina Endrick (talaffuzi: Endrik) — braziliyalik futbolchi, „Palmeyras“ klubi hujumchisi. Barcha davrlarning eng iqtidorli braziliyalik futbolchilaridan biri[1][2][3][4][5][6].

Endrick Felipe
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiEndrick Felipe Moreyra de Souza
Tavallud sanasi21-iyul 2006-yil ( 2006-07-21) (17 yosh)
Tavallud joyiTaguatinga, Federal okrugBraziliya bayrogʻi Braziliya
Boʻyi173 sm
Ampluasihujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Braziliya bayrogʻi Palmeiras
Raqami16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2016 — hozirgachaBraziliya bayrogʻi Palmeiras
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2022 — hozirgachaBraziliya bayrogʻi Palmeiras(1 (0))
Milliy terma jamoa
2022 — hozirgachaBraziliya bayrogʻi Braziliya (16 yoshgacha)(4 (5))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Dastlabki yillar

Endrick 4 yoshida futbol oʻynay boshlagan. Otasi o‘g‘lining gollarini YouTubeʼga joylashtirgan va Braziliya akademiyasidan taklif olishiga umid qilgan. Endrick oilasiga yordam berish uchun futbolchi boʻlishni juda xohlardi, chunki otasi ishsiz edi[7].

Klubdagi karyerasi

Endrick 11 yoshida Palmeyras akademiyasiga qoʻshildi. Klubning yoshlar jamoasida 5 yil davomida u 169 ta oʻyin oʻtkazib, 165 ta gol urgan. 2022-yilda u San-Paulu yoshlar kubogida ishtirok etgan. Turnir davomida Endrick 7 uchrashuvda 7 ta gol urdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[8][9]. Turnirdan keyin Endrick Yevropa futboli gigantlari eʼtiboriga tushadi[10][11][12].

2022-yilning 21-iyulida Endrick 16 yoshga to‘lganida rasman Palmeyras bilan 2025-yilgacha shartnoma imzoladi[13][14]. 2022-yil 30-iyulda Endrick Libertadores kubogi[15][16] uchun roʻyxatdan oʻtgan. 6-avgust kuni Endrick yengil jarohatidan forigʻ boʻlib, klub tomonidan futbolchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng „Palmeyras“ning asosiy jamoasida mashgʻulotlarni boshladi[17].

Oʻyin uslubi

Yaxshi zarbaga ega chapaqay hujumchi Endrickni braziliyalik afsonaviy hujumchilar Ronaldo va Romario[18][19] bilan solishtirishadi. Uning oʻyin uslubini tasvirlab berishini soʻrashganda, u shunday degan: "Men har doim kurashaman. Men qatʼiyatliman va maydonda oʻyinning soʻnggi daqiqalarigacha harakat qilaman. Men hech qachon taslim boʻlmayman, himoyachilarga bosim oʻtkazaman, maydondagi istalgan oʻyinchilarning har biridanda koʻproq yuguraman[20]. Uning kumiri Krishtianu Ronaldu hisoblanadi[21].

Manbalar