Harry Maguire

Jacob Harry Maguire (1993-yil 5-martda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Premier Leaguening „Manchester Yunayted“ klubi va Angliya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Harry Maguire
2018-yil Angliya safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiJacob Harry Maguire[1]
Tavallud sanasi5-mart 1993-yil (1993-03-05) (31 yosh)[2]
Tavallud joyiSheffield, Angliya
Boʻyi6 feet 4 inches (1.94 m)[3]
AmpluasiMarkaziy himoyachi[4]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester United
Raqami5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2011Sheffield United
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2011-2014Sheffield United134(9)
2014-2017Hull City54(2)
2015→ Wigan Athletic (ijara)16(1)
2017-2019Leicester City69(5)
2019-Manchester United102(4)
Milliy terma jamoa
2012Angliya U211(0)
2017-Angliya46(7)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-may uchun)

Maguire 2011-yilda yoshlar jamoasidan Sheffield United asosiy jamoasiga oʻtgan. U klub uchun jami 166 professional oʻyin oʻtkazdi va ketma-ket uch marta ,,Yilning eng yaxshi oʻyinchisi‘‘ boʻldi, shuningdek, PFA Birinchi Liga uchun yilning eng yaxshi jamoasida ham koʻp marta ishtirok etdi. 2014-yilda u 2,5 million funt sterling evaziga „Hull Siti“ga oʻtdi, uni 2015-yilda „Uigan Atletik“ga ijaraga bergan. U 2017- yilda „Lester Siti“ga 12 million funt sterling evaziga kelib qoʻshilgan edi. Ikki yil oʻtgach, u 80 million funt sterling evaziga „Manchester Yunayted“ga oʻtdi, bu himoyachi uchun jahon rekordi summasi edi va olti oy ichida klub sardori etib tayinlandi.

Maguire 2012-yilda U21 Angliya terma jamoasida bitta oʻyin oʻtkazgan. 2017-yil oktyabr oyida u Angliya terma jamoasining 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati va UEFA Evro-2020 uchun tarkibiga jalb etildi.

Yoshlik

Maguire Janubiy Yorkshirning Sheffild shahrida tugʻilgan[5] va Mosboro qishlogʻida[6]. Uning akalari Jo va Lorens ham futbolchi[7]. U Spinkhilldagi Immaculate Conception katolik boshlangʻich maktabida[8] va Chesterfilddagi Avliyo Meri Rim-katolik oʻrta maktabida oʻqigan[9]. 7 yoshdan 16 yoshgacha Maguire „Sheffild Yunayted“ akademiyasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynadi, bu esa unga bugungi kunda yuqori darajada oʻynaydigan markaziy himoyachiga aylanishiga yordam berdi[10].

Klubdagi faoliyati

Sheffild Yunayted

„Sheffild Yunayted“da yoshlar jamoasida, jamoa quyi ligaga tushib ketmaslikga harakat qilgan, Maguire asosiy jamoa tarkibida 2011-yil aprel oyida Kardiff Siti bilan oʻyinda debyut qiladi[11] Oʻsha mavsumda u yana toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi, ammo klubning birinchi ligaga tushib ketdi[12].

Maguire 2016-yilgi chempionat pley-off finalida „HullCity“ning Sheffild Uensdey" ustidan qozongan g‘alabasidan keyin.

Birinchi jamoadagi oʻrnini mustahkamlagan Maguire 2011-12-Liga Birinchi mavsumining ochilish kunida „Oldxem Athletic“ga qarshi oʻyinda 2:0 hisobidagi gʻalabada oʻzining birinchi golini urdi[13]. U ajoyib formada davom etdi, chunki „Blades“ Birinchi ligadan koʻtarilish uchun harakat qildi va mavsum oxirida klub tomonidan „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ va „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ deb Maguire mukofotlandi[14]. BBC jurnaliga koʻra Maguire 2011-12-yilgi mavsumning birinchi ligada yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb tanladi[14].

Hull City

2014-yil 29-iyulda Maguayr 2,5 million funt sterling evaziga „Hull Siti“ga qo‘shildi[15]. U 21-avgust kuni UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichining dastlabki uchrashuvida Belgiyaning " Lokeren " klubiga qarshi oʻyinda „yo‘lbarslar“ safida debyut qildi.[16] U Premer-ligadagi debyutini 20-dekabr, „Suonsi Siti“ga qarshi oʻyinning soʻnggi 13- daqiqasida jarohat olgan Kertis Devisning oʻrniga maydonga tushdi[17].

Maguire (oʻngda) 2021-yilda "Manchester Yunayted" safida.

Lester Siti

2017-yilning 15-iyunida Maguayr Premer-liganing „Lester Siti“ klubi bilan dastlabki shartnomasini imzoladi. Uning transferi 12 million funt sterling tushadi va 5 yillik shartnoma imzoladi[18]. Uning debyuti 11-avgust kuni "Arsenal" ga 4:3 hisobidaga mag‘lubiyat bilan boshlandi[19] U 2017-18-yilgi mavsumning har bir oʻyinida oʻynadi va mavsumning eng yaxshi futbolchisi, shuningdek, klubning mavsum yakuni boʻyicha eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi[20].

Manchester Yunayted

2019-20 yilgi mavsum

2019-yilning iyul oyida „Manchester Yunayted“ 80 million funt sterling evaziga Maguireni transfer qildi[21]. Transfer 5- avgust kuni yakunlandi, Maguayr yana bir yil varianti bilan olti yillik shartnoma imzoladi[22]. U „Yunayted“ safidagi debyutini Premer-liga mavsumining dastlabki oʻyinida oʻtkazdi, 11-avgust kuni "Chelsi" ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan va „Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi“ sovrinini Maguire oldi[23].

Maguire 2011-yilda „Sheffild Yunayted“ safida

Terma jamoadagi faoliyat

Yoshlar jamoasi

Maguire 2018-yilgi Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi safida.

Maguire Angliya shuningdek, Shimoliy Irlandiya va Irlandiya Respublikasi terma jamoasida o‘ynashi mumkin edi [24] Biroq, u birinchi marta 2012-yilning noyabr oyida Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida uchun Angliyaning U21 terma jamoasiga chaqirildi[25]. Danny Wilsonning taʼkidlashicha, "U oʻz yoshiga koʻra ajoyib yetuklikka ega, u hamma narsani oʻz zimmasiga oladi va hech narsa uni bezovta qilmaydi. Men ham bu chaqiruvni kutmayman, chunki u juda saviyali xarakterga ega[26]. Shimoliy Irlandiyaga qarshi ushbu o‘yinda Maguayr 60-daqiqada maydonga tushadi Angliya terma jamoasi safida debyut qildi[27].

Milliy terma jamoa

2017-yilning 24-avgust kuni Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Southgate Maguayrni JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Malta va Slovakiyaga qarshi oʻyinlar uchun terma jamoa safiga jalb etdi[28]. U Angliyaning Litva ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvida debyut qildi, bu jamoaning Jahon chempionati saralash bosqichidagi soʻnggi oʻyini edi[29].

Shaxsiy hayot

Maguire Fern Hawkins bilan unashtirilgan[30]. 2019-yil 3-aprelda Maguire o‘zining Instagram sahifasida Hawkins bilan o‘zining birinchi farzandi Lilli Sent-Maguayr qizini dunyoga kelganini maʼlum qildi. Maguire va Hawkins ikkinchi qizi Piper Rouz 2020-yil 9-mayda dunyoga keldi[31].

Manbalar