Himeji qalʼasi

Himeji qalʼasi (yaponcha: 姫路城 Himeji-jō?)[çimeʑiꜜʑoː] ( tinglang) – Yaponiyaning Hyogo prefekturasidagi Himeji shahrida joylashgan, tepalik ustiga qurilgan qal’adir. Himeji qal’asi yapon ananaviy harbiy memorchiligining eng yaxshi saqlanib qolgan naʼmunasi hisoblanadi. Unda yapon feodal davrining eng ilgʻor mudofaa tizimlari bilan jixozlangan 83 ta boʻlma mavjud[5]. Qal’a oʻzining yorqin oq rangda ishlangan tashqi fasadi va uchayotgan qushga oʻxshash koʻrinishdaligi tufayli mahalliy aholi orasida „Hakuro-jō“ yoki „Shirasagi-jō“ (Oq egret/qarqara qal’asi)) nomi bilan tanilgan[6][7].

Himeji qalʼasi
姫路城

Himeji qal'asi 2015-yil may oyida, 5 yillik qayta ta'mirlashdan so'ng

Himeji qal'asining sun'iy yo'ldosh surati.
Muqobil nomlari Hakuro-jō yoki Shirasagi-jō (Oq turna/laylak qal’asi)
Umumiy maʼlumot
Turi Qal’a
Tasnifi Azuchi–Momoyama davri tipidagi inshoot[4]
Manzili 68 Honmachi, Himeji, Hyogo 670-0012, yaponiya
Shahar Hyogo
Mamlakat Yaponiya
Koordinatalar 34°50′22″N 134°41′38″E / 34.83944°N 134.69389°E / 34.83944; 134.69389 G O 134°41′38″E / 34.83944°N 134.69389°E / 34.83944; 134.69389 G O
Qurilishi boshlangan
  • 1333 (Himeyama qoʻrgʻoni)[1]
  • 1581 (kengaytirish)[1]
  • 1601–1609 (kengaytirish)[1]
  • 1617–1618 (kengaytirish)[2][3]
Balandligi
Balandligi 46.4 metr
Dizayn va konstruksiya
Quruvchi
  • Akamatsu Norimura (1333–1346)[1]
  • Toyotomi Hideyoshi (1581)[1]
  • Ikeda Terumasa (1601–1609)[1]
  • Honda Tadamasa (1617–1618)[2]
https://www.himejicastle.jp/en/
Map
Himeji qalʼasi xaritada
Himeji qalʼasi

1333-yilda Akamatsu Norimura Himeyama tepaligida qoʻrgʻon quradi. 1346-yil qoʻrgʻon buzilib, oʻrnida Himeyama qal’asi qurildi. 2 asrdan soʻng Himeyama qal’asi Himeji qal’asi deb qayta nomlandi. 1581-yil Toyotomi Hideyoshi tomonidan qayta taʼmirlash jarayonida qal’a ichida 3 qavatli asosiy minora qurilgan. 1600-yilda Tokugava Ieyasu Sekigahara jangidagi yordami uchun qal’ani Ikeda Terumasaga tuhfa qildi. Ikeda 1601-yildan 1609-yilgacha qal’ada toʻliq qayta qurish ishlarini olib borib, Himejini katta qal’a majmuasiga aylantirdi. Keyinchalik, 1617-yildan 1618-yilgacha Honda Tadamasa tomonidan qal’a majmuasiga yana bir nechta binolar qoʻshildi. Deyarli 700 yil mobaynida, hatto Ikkinchi Jahon urushida Himejining bombardimon qilinishi, 1995-yilgi Buyuk Hanshin zilzilasi hamda boshda tabiiy ofatlarda ham, Himeji qal’asi hech qanday jiddiy zararlarsiz saqlandi.

Himeji qal’asi Yaponiyadagi eng katta va eng koʻp tashrif buyuriladigan qal’adir. 1993-yilda Yaponiyada birinchilardan boʻlib UNESCO Jahon merosi obyekti sifatida roʻyxatga olingan.


Manbalar