Kalvinizm
Kalvinizm — protestantizmdagi yoʻnalishlardan biri. Asoschisi J. Kalvin. Reformatsiya natijasida 16-asrda Jenevada vujudga kelib, Fransiya, Niderlandiya, Shotlandiya, Angliya va b. mamlakatlarga tarqalgan. Kalvinizm taʼlimotiga faqat Muqaddas yozuvni tan olish, ilohiy qismatga ishonish, odamlarning najot topishida ruhoniylarning yordami zarurligini inkor etish, xoch va ikonaga sajda qilishni rad etish, cherkov marosimlarini soddalashtirish (ibodat paytida diniy musiqa chalmaslik, sham yoqmaslik, cherkov devorlarida tasvirlar boʻlmasligi) xos. Kalvinizm bir necha tarmoqlarga boʻlinib ketgan. Kalvinizmning hozirgi zamon tarafdorlari — kalvinistlar, reformatlar, presviterianlar, kongregatsionalistlar.[1]
Yana q.
Manbalar
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari