Katta Toʻsiq rifi
Katta toʻsiq rifi - Avstraliyaning shim.-sharqiy sohili boʻylab joylashgan qator marjon riflari va marjon orollar. Materik sayozligining chegarasi boʻylab Yangi Gvineyaning jan. qirgʻogʻidan Sandi-Keyp burnigacha 2300 km ga choʻzilgan. Rifning kengligi shim.da 2 km, jan.da 150 km. Riflarning koʻpi suv ostida, suv satqi pasaygan vaqtlarda suv yuziga chiqadi. Baʼzi riflar orolga aylanib, shakli, odatda, taqaga oʻxshaydi va qavariq tomoni jan.-sharkdan esuvchi passat shamollariga qaragan. K.T.r. bilan materik qirgʻogi orasida Katta laguna yoki "Ichki kanal" suv yoʻli (eng chuqur joyi 50 m) bor. Bu suv yoʻli okean toʻlqinlaridan toʻsilgan; kemachilikda foydalaniladi. Dengiz milliy parki bor.[1]
Manbalar
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari